Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ayollar futboli va futzal bo‘yicha Oliy liga vakillari nomi ma’lum bo‘ldi

Ayollar futboli va futzal bo‘yicha Oliy liga vakillari nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Mavsum boshlanishiga atigi ikki kun qoldi. Bahorning birinchi kunida yangi, islohot qilingan, o‘zgacha ko‘rinishdagi mavsum start oladi. Superliganing 12ta jamoasi g‘oliblik uchun bahsga kirishadi.

Ertaga, 28 fevralda esa Superligadan keyingi mavqeda turuvchi Pro-liga, shu bilan birga ayollar va futzal bo‘yicha mamlakat chempionatining navbatdagi mavsumiga, shuningdek, O‘zbekiston Kubogiga qur’a tashlanadi. O‘zbekiston futbol federasiyasi hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkil etilgan maxsus ishchi guruhning futbol klublari va uning infratuzilmasida belgilangan talablarning bajarilishi yuzasidan o‘rganish xulosasiga ko‘ra qabul qilingan O‘zbekiston futbol federasiyasi Ijroiya qo‘mitasi Byurosining 2018 yil 26 fevraldagi 9-son qaroriga binoan quyidagi ayollar va futzal jamoalari mamlakat chempionatining Oliy ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi. Bular,

Ayollar jamoalari:

1.”Sevinch” (Qarshi)

2.”Metallurg” (Bekobod)

3.”Bunyodkor” (Toshkent)

4.”Paxtakor” (Toshkent)

5.”Navbahor” (Namangan)

6.”Buxoro” (Buxoro)

7.”Qo‘qon-1912” (Qo‘qon)

8.AGMK (Olmaliq)

9.”Lokomotiv” (Toshkent)

10.”Qizilqum Guli” (Navoiy)

11.”So‘g‘diyona” (Jizzax)

12.”Neftchi” (Farg‘ona)

13.”Andijanka” (Andijon)

14.”Sho‘rtan” (G‘uzor).

Futzal jamoalari:

1.”Lokomotiv” (Toshkent)

2.”Bunyodkor” (Toshkent)

3.”Paxtakor” (Toshkent)

4.”Nasaf” (Qarshi)

5.“Navbahor” (Namangan)

6.”So‘g‘diyona” (Jizzax)

7.AGMK (Olmaliq)

8.”Buxoro” (Buxoro)

9.”Metallurg” (Bekobod)

10.”Qizilqum” (Navoiy)

11.”Qo‘qon-1912” (Qo‘qon)

12.”Neftchi” (Farg‘ona).

Avval xabar berganimizdek, Pro-liga, ayollar va futzal jamoalari o‘rtasidagi mamlakat chempionatlariga, shuningdek, O‘zbekiston Kubogiga 28 fevral, chorshanba kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:37, 27.02.2018.
O'qildi: 2136 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик