Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

“Uzbek Tigers” – “Cuba Domadores”: Madrimov ham g‘alaba qozondi

“Uzbek Tigers” – “Cuba Domadores”: Madrimov ham g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Ayni paytda Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida “World Series of Boxing” doirasida janglar o‘tkazilmoqda.

Unda, O‘zbekistonning “Uzbek Tigers” va Kubaning “Cuba Domadores” jamoalari o‘rtasida beshta jang bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, eng yengil vazn toifasida (49 kg.) Hasanboy Do‘smatov o‘zining jahondagi asosiy raqibi Yoanis Argilagosga qarshi ringga ko‘tarilib, 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishgani haqida xabar bergandik.

Do‘stmatovdan so‘ng, -56 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov Robeysi Ramiresga qarshi ringga ko‘tarildi va Olimpiada chempioni raqibini 2:0 hisobi bilan chiroyli tarzda mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchinchi jang -64 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov va Endi Kruz o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va Xoldorov raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Xoldorovdan keyin -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov Arlen Lopezga qarshi jangini o‘tkazdi.

Madrimov jangni to‘liq nazorat ostida o‘tkazdi va bir qator xavfli zarbalari bilan “Uzbek Tigers” jamoasining “Cuba Domadores” ustidan muddatidan oldin g‘alabasini ta’minlab berdi.

Madrimov uchta raundda ham 50-45 natijasi bilan hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

“Uzbek Tigers” – “Cuba Domadores” - 3:1.

Keyingi jangda eng og‘ir vazn toifasida Sanjar Tursunov Erislandi Savonga qarshi ringga chiqadi.

Bugungi janglar:

-49kg: HasanboyDo‘smatov — YohannisArgilagos - 3:0.

-56kg: Shahobiddin Zoirov — Robeysi Ramires. - 2:0.

-64kg: Iqboljon Xoldorov — Endi Kruz - 1:2.

-75kg: Isroil Madrimov — Arlen Lopez 3:0.

-91kg: Sanjar Tursunov — Erislandi Savon

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:47, 27.02.2018.
O'qildi: 3222 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик