Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Ravshan Ermatov: “Evropa futboliga intilib ishlashimiz kerak”

Ravshan Ermatov: “Evropa futboliga intilib ishlashimiz kerak”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Kecha, 29 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida Superliga bosh hakamlari va laynsmenlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov, O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov, bosh hakamlar va laynsmenlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, tadbirda FIFA referesi, dunyoning eng yaxshi hakamlaridan biri Ravshan Ermatov so‘z olib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Avvalo, bizni har tomonlama qo‘llab quvvatlab, bizga barcha sharoitlar yaratib berilayotgani uchun O‘FA rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman.

Hozir futbolimizda yangi davr boshlanmoqda. Endi biz hakamlar ham mana shu davrga hamohang tarzda boshqacha ishtiyoq bilan  uchrashuvlarni boshqarishimiz,tinmay o‘z ustimizda ishlab, malakamizni oshirib borishimiz kerak.

Hakamlar qancha kam xatoga yo‘l qo‘yishsa, uchrashuvlar shunchalik qiziqarli va shiddatli o‘tadi. Biz Yevropa futboliga intilib ishlashimiz kerak. Yevropada hakamlar maydonda kurash kechishiga imkon berishadi. Hadeb hushtak chalaverib, o‘yinning shiddatini o‘ldirib qo‘yishmaydi.

Biz futbolchilarimizni xalqaro maydonda o‘yinlarga chiniqtirib borishimiz kerak. Shundagina terma jamoa tarkibida katta musobaqalarda ishtirok etganda, futbolchilarimiz kurashga, shiddatga tayyor bo‘lishadi.

O‘yinlar shiddatini oshirish uchun uchta holatda futbolchilarga so‘zsiz sariq kartochka ko‘rsatilishi kerak: Simulyasiya, o‘yin vaqtini cho‘zishga bo‘lgan harakat va hakam bilan tortishish.

Shunda futbolchilar ham bu kabi holatlardan uzoqroq bo‘lishga harakat qilishadi”, - dedi Ravshan Ermatov.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 03:49, 28.02.2018.
O'qildi: 2460 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.