Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Mo‘minjon Abdullayev Osiyo chempionati kumush medali sohibi!

Mo‘minjon Abdullayev Osiyo chempionati kumush medali sohibi!

Baho:
+ | -

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Kecha hamyurtimiz Yelmurat Tasmuradov -63kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgani haqida xabar qilgandik.

Undan tashqari -130kg vazn toifasida gilamga chiqqan polvonimiz Mo‘minjon Abdullayev ham finalgacha yetib bordi. Afsuski, hal qiluvchi jangda Abdullayevga biroz omad yetishmadi va u eronlik Aliakbar Mehdizodaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, sportchimiz Osiyo chempionatining kumush medali sohibiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Abdullayev bungacha ikki marotaba Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:18, 28.02.2018.
O'qildi: 2472 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.