Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Zafar Xolmurodov: «Vazifamiz asosiy tarkibga munosib futbolchilarni tayyorlab berish»

Zafar Xolmurodov: «Vazifamiz asosiy tarkibga munosib futbolchilarni tayyorlab berish»

Baho:
+ | -

Yoshlar ligasining 1-tur doirasidagi «Neftchi» – «Nasaf» 1:2 uchrashuvidan so‘ng, jamoamiz ustozi Zafar Xolmurodov o‘z fiklari bilan o‘rtoqlashdi.

-Albatta liganing dastlabki turida g‘alaba qozonish yoqimli. Barchani ushbu g‘alaba bilan tabriklayman. Umid qilamanki, ertaga asosiy tarkibimiz ham g‘alabaga erishadi. Bugungi uchrashuv ajoyib bo‘ldi.

«Neftchi» yoshlari ham bor kuchlarini ishga solishdi. Tarkibda ajoyib futbolchilar yig‘ilishgan. Bu yoshlar «Neftchi» jamoasining kelajagidir.

To‘g‘risi, bugun biroz xavotir bor edi. Bunga sabab, jamoamiz har yili mavsumni deyarli yangi tarkib bilan boshlaydi. Dastlabki o‘yindan futbolchilar bir-birlarini tushunib ketishi qiyinroq kechadi. Bugungi uchrashuvda hisobda oldinga o‘tib olganimizdan keyin, futbolchilarimiz xotirjamlikka berilishdi, oqibatda darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik. Tanaffusda yigitlarimizga kerakli ko‘rsatmalarni berdik. Murabbiyda doimo zahira taktikasi bo‘lishi kerak.

Biz ikkinchi bo‘limda boshqacha taktika qo‘lladik. Natijasini ko‘rib turibsiz. Albatta kamchiliklarimiz bor, bu kamchiliklar ustida ishlaymiz.

Futbolchilarimizga doimo uqtirishga harakat qilamiz, futbolchida safar va uy uchrashuvlarida farq bo‘lmasligi kerak. Ya’ni bo‘lajak professional futbolchi safarda ham, uy uchrashuvida ham bir xil o‘yin namoyish qilishga o‘rganishi kerak.

Yoshlar jamoamizda faoliyat yuritayotgan, biz murabbiylar oldida doim bir dolzarb vazifa turadi. Bu ham bo‘lsa, asosiy tarkibimizga munosib o‘yinchilar yetkazib berish.

Bu biz murabbiylarning an’anasiga aylanib ulgurgan. Bu yil ham bir qancha futbolchilarimiz asosiy tarkibga o‘tkazildi.Umid qilamanki, bu futbolchilarimiz ham, futbol ishqibozlarining e’tiborini qozonishadi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 21:42, 28.02.2018.
O'qildi: 2653 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.