Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Uzbek Tigers" — "Colombia Heroicos" — 4:1. Vakillarimiz g‘alaba qozonishdi!

"Uzbek Tigers" — "Colombia Heroicos" — 4:1. Vakillarimiz g‘alaba qozonishdi!

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bugun "Uzbek Tigers" jamoasi Butunjahon boks seriyasi doirasida o‘zining uchinchi jangini o‘tkazdi.

Sakkizinchi mavsumning uchinchi turidan o‘rin olgan bellashuvda jamoamizga Kolumbiyaning "Colombia Heroicos" jamoasi raqiblik qildi.

Dastlabki jangda 52 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Xudoynazar Fayzov raqibi Keybar Avilaga 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Ammo bokschilarimiz keyingi janglarda ustunlikni o‘z tomonlariga og‘dira olishdi.

Quvonarlisi, ikki nafar bokschimiz raqibini nokautga uchratdi. Jumladan, ringga 60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Shunqor Abdurasulov raqibi Duvan Zuletani nokautga uchratgan bo‘lsa, 69 kg vazn toifasida jang olib borgan Mahmud G‘oipov Aleksandr Ranxelni ringni uchinchi raunddayoq tark etishga majbur qildi. Ya’ni nokautga uchragan Ranxel uchinchi raunddan keyin jangni davom ettira olmadi.

81 kg vazn toifasida kurashgan Bektemir Meliqo‘ziyev ham g‘alaba qozondi. U raqibi Diyego Motovani 3:0 hisobida yengdi. So‘nggi jangda esa 91 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov Kristian Saldekoga ham imkoniyat qoldirmadi — 3:0. Shunday qilib, vakillarimiz kolumbiyalik bokschilar ustidan umumiy 4:1 hisobida zafar quchishdi.

Ayni damda "Uzbek Tigers"“A” guruhida 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Kubada ham 6 ochko bor. Kolumbiya va Venesuela esa 4 ochkoga ega.

"Uzbek Tigers"— "Colombia Heroicos"— 4:1

-52 kg: Xudoynazar Fayzov — Keybar Avila — 0:2

-60 kg: Shunqor Abdurasulov — Duvan Zuleta — (Abdurasulov raqibini nokautga uchratdi)

-69 kg: Mahmud G‘oipov —Aleksandr Ranxel — (G‘oipov raqibini nokautga uchratdi)

-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev —Diyego Motoa — 3:0

+91 kg: Bahodir Jalolov —Kristian Salkedo — 3:0

 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:08, 01.03.2018.
O'qildi: 9907 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик