Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Umid Ahmadjonov Farg‘onada mavsumning ilk uchrashuvini ochib berdi

Umid Ahmadjonov Farg‘onada mavsumning ilk uchrashuvini ochib berdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov  Superliganing ochilish uchrashuvlaridan biri bo‘lgan “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvini Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionidan bevosita kuzatib borish uchun Farg‘onaga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Umid Ahmadjonov Farg‘onadagi “Istiqolol” stadionida Superliganing 1-turidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvini ochib berdi. Ochilish marosimi haqiqiy bayramga aylanib ketganini ham alohida ta’kidlash kerak. Stadion muxlislar bilan to‘lib-toshdi. Ochilish uchrashuvida futbolimiz afsonasi Birodar Abduraimov, Xitoydagi Osiyo chempionati g‘oliblari, sportchilar, Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari sovrindorlari va boshqa sport jamoatchiligi vakillari qatnashdi.

Marosimda so‘zga chiqar ekan, Umid Ahmadjonov barchani yangi mavsum ochilishi bilan tabrikladi. Superliganing har bir uchrashuvida muxlislar mana shunday stadionlarni to‘ldirib o‘tirishsa, bu futbolchilar uchun ham o‘zgacha kayfiyat baxsh etishini ta’kidladi. Muxlislar stadionlarga kelib futbol tomosha qilishlari uchun O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidin bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgani, jumladan, o‘yinlar boshlanishi muxlislar uchun qulay vaqtlarga moslangani haqida gapirib o‘tdi. Keyin esa bugun maydonda harakat qiladigan har ikki jamoaga omad tiladi.

O‘yindagi dastlabki zarbani ramziy ravishda futbolimiz afsonasi Birodar Abduraimov amalga oshirdi. Shundan keyin FIFA referisi Ravshan Ermatov uchrashuvga start berdi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 21:29, 01.03.2018.
O'qildi: 3431 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик