Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 0-0 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 1-1 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Buxoro» yangi futbolchilarini tanishtirdi

«Buxoro» yangi futbolchilarini tanishtirdi

Baho:
+ | -1

Bugun "Buxoro" klubi yangi futbolchilarini tanishtirdi. Tanishtiruv marosimi  Buxoro viloyat musiqali drama teatrida tashkil etildi. Marosimda 10 nafar yangi futbolchilar tanishtirildi.

Ushbu tadbirda dastlab Buxoro  viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi raisi  Barnoyev O‘ktam Isoyevich  so‘zga chiqib,  avvalo muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoliklarida yurtimizda sportni, jumladan, futbolni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlar soha vakillari uchun muhim dastur bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidlab o‘tdi va yig‘ilganlarga qarata “Buxoro” klubi  2018 yil, yangi mavsumda   jamoa chempionlik uchun kurashashini aytib o‘tdi.

Undan so‘ng jamoa bosh  murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev  so‘z olib, mavsumga tayyorgarlik jarayonlari haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.So‘ngra qolganlar ham so‘zga chiqib yaxshi tilaklarni bildirib tanishtiruv marosimini ochib berishdi.

Shundan keyin jamoa safiga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilar: Sergey Ruseskiy, Arslanmurat Amanov, Marko Klisura,  Asilbek Amonov, Aziz Ibragimov, Raxmatillo Berdimurodov, Shaxboz Erkinov, Shavkat Salomov, Shavkat  Mullajonov, Baxodir Nasimovlar  keng ommaga rasman tanishtirildi va ularga tantanali ravishda  ismlari tushirilgan futbolkalar topshirildi.

Yig‘ilgan barcha   ularni birday yaxshi kutib olishdi. Tanishtiruv marosimidan so‘ng muxlislar, va faxriylarga klub tomonidan sovg‘alar tarqatildi. Marosim viloyat san’at ustalarining konsert dasturlari bilan ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi. Zaldagi zavqona shukuh barchani birdek quvontirdi.

Ushbu yangi  mavsumda “Buxoro” jamoasi yaxshi natijalar ila yuqori cho‘qqilarni zabt etadi va oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. Biz bunga tilakdoshmiz!

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:34, 01.03.2018.
O'qildi: 5732 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик