Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Atalanta 2-0 Torino
11/01 01:00 Valensiya 1-1 Elche
11/01 16:30 Xitoy 1-0 Avstraliya
11/01 16:30 Lechche 1-2 Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano 2-1 Malyorka
11/01 19:00 Tailand 1-1 Iroq
11/01 19:00 Fiorentina 1-1 Milan
11/01 20:15 Levante 1-1 Espanyol
11/01 22:00 Verona 0-1 Lasio
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari
13/01 00:45 Yuventus - Cremonese
13/01 01:00 Sevilya - Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya

La liga. «Barselona» ochko yo‘qotdi

La liga. «Barselona» ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 26-turi doirasida "Barselona" safarda "Las-Palmas"ga qarshi bahs olib bordi. Kutilmaganda, Valverde shogirdlari mazkur o‘yinda g‘alaba qozona olishmadi.

O‘yin kataloniyaliklarning ssenariysi asosida boshlandi. Mehmonlarning ketma-ket hujumlari 21-daqiqada o‘z samarasini berdi. Jarima maydonchasi tashqarisidan belgilangan jarima zarbasi Lionel Messi golga aylantirib, hisobni ochdi.

Shundan so‘ng "ko‘k-anorranglilar" biroz bo‘shashishdi va buning uchun "Las-Palmas" raqibni jazoladi. Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda Agirregaray "Barsa" jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam esa bahsli penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasidan Kalyeri unumli foydalandi.

Shundan so‘ng "Barselona" g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qildi, ammo mezbonlar ishonchli himoyalanib, durangni saqlab qolishdi.

Natijada, kataloniyaliklar "Real" bilan ochkolar farqini 15 ochkoga yetkazishdi, ammo endi "Atletiko" peshqadamdan atigi 5 ochko ortda qolmoqda.

Ispaniya La ligasi, 26-tur
Betis – Real Sosyedad 0:0 (0:0, 0:0)
Betis – Adan, Mandi, Bartra, Firpo, Gerrero, Garsiya, Fabian Ruis, Durmisi, Budebuz (Sanches, 69), Leon (Ruben Kastro, 69), Telyo (Kamarasa, 83).
Real Sosyedad – Moyya, Odriosola, Lyorente, Moreno, de la Belya, Ilyarramendi, Subeldiya, Surutusa (Guridi, 66), Kanales, Xuanmi (YAnuzay, 73), Oyarsabal (Bautista, 90).
Ogohlantirishlar: Leon (35), Bartra (56).

Las-Palmas – Barselona 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 21 Messi, 1:1 – 48, penalti Kalyeri.
Las-Palmas – Chichisola, Agirregaray, Galves, Ximo Navarro, Kastelyano (Masedo, 76), Etebo, Gomes (Akvilani, 70), Xalilovich, Dominges, Samperio (Garsiya Santana, 86), Kalyeri.
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Umtiti, Vermalen, Din, Aleish Vidal (Koutinyo, 57), Buskets, Paulinyo (Rakitich, 63), Inyesta (Dembele, 75), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Agirregaray (5), Kastelyano (10), Ximo Navarro (20), Din (24), Serdji Roberto (41), Umtiti (52), Etebo (66), Galves (68), Kalyeri (90).

Alaves – Levante 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Laguardia.
Alaves – Pacheko, Agirregabiria, Laguardia, Eli, Duarte, Ibai Gomes, Pina, Manu Garsiya, Pedrasa (Burgi, 78), Gvidetti (Sobrino, 70), Munir.
Levante – Olasabal, Pedro Lopes, Kabako, Rodriges, Luna, Lerma, Morales, Kampanya (Rober, 34), Lukich, Ivi Lopes, Marti (Boateng, 46).
Ogohlantirishlar: Pedro Lopes (31), Munir (31), Pedrasa (33), Rober (44), Pina (47), Boateng (54), Lerma (60).
Chetlatishlar: Rodriges (29), Munir (77).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:53, 02.03.2018.
O'qildi: 5751 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.