Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Erkin kurash. To‘rt nafar sportchimiz finalga chiqdi

Erkin kurash. To‘rt nafar sportchimiz finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Bugun erkin kurash bahslarida ishtirok etayotgan sportchilarimizning barchasida medal qo‘lga kiritish uchun imkoniyat saqlanib turibdi. Ularning to‘rt nafari oltin medal uchun, yana biri esa bronza medali uchun gilamga chiqadi.

-57 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etayotgan Mahmudjon Shavkatov Xitoy Taypeyi, Qozog‘iston va Eron mamlakatlaridan tashrif buyurgan sportchilarni mag‘lubiyatga uchratdi. Endi u oltin medal uchun shimoliy koreyalik Kum Song Kangga qarshi kurash olib boradi.

-70kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Ixtiyor Navro‘zov esa hindistonlik va qirg‘izistonlik raqiblardan ustun kelib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi u hal qiluvchi jangda Janubiy Koreya vakili Seung Bong Liga qarshi gilamga chiqadi.

-79kg vaznda Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan Rashid Qurbonov esa finalga yetib kelish uchun Janubiy Koreya, Turkmaniston va Yaponiya sportchilarini mag‘lub etdi. Endi u Osiyo chempioni bo‘lish uchun eronlik Izzatilloh Akbarizorinkolaini mag‘lub etishi lozim.

-97kg vaznli Magomed Ibragimov bahslarda Turkmaniston, Qirg‘iziston va Yaponiyadan tashrif buyurgan raqiblarni mag‘lub etdi. Finalda esa sportchimiz eronlik Muhammadshafoi Gulihga qarshi kurashadi.

-65 kg vazn toifasida bahslarda qatnashayotgan Temurjon Usmonohunov xitoylik va janubiy koreyalik raqibni mag‘lubiyatga uchratgandi. Afsuski, yarim finalda u qozog‘istonlik kurashchiga yutqazib qo‘ydi. Shunday bo‘lsada, unda sovrindorlar qatoridan o‘rin olish uchun imkoniyat yetarli. Vakilimiz Shimoliy Koreya vakili Kukg Vang Kimni mag‘lub eta olsa, bronza medali sohibiga aylanadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:19, 03.03.2018.
O'qildi: 2620 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.