Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bu safar raqibimiz ancha jiddiy»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bu safar raqibimiz ancha jiddiy»

Baho:
+ | -

"Nasaf" ertaga Osiyo chempionlar ligasining 3-turi doirasida Qatarning "As-Sadd" klubini qabul qiladi. O‘yinoldi matbuot anjumanining navbatdagi qismida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev hamda hujumchi Bobir Abduxoliqov ishtirok etishdi.

"OCHL katta nufuzga ega hisoblanadi. Bu musobaqada kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi. Ushbu musobaqada qatnashish uchun guruh bosqichiga chiqqanmiz. “As-Sadd” jamoasi ham guruhimizdagi jiddiy raqiblardan biri hisoblanadi. O‘zingizga ma’lum, ular guruhdagi o‘tgan ikki o‘yinda g‘alaba qozonishgan. Tarkibida yuqori ijroga ega futbolchilar talaygina.

Bunaqa o‘yinlarda futbolchilarning ruhiy tayyorgarligi katta ahamiyat kasb etadi. Shularni hisobga olib, bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik. Umid qilamanki, yigitlarimiz muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchlarini ishga solishadi. Ulardan maydonda erkin harakat qilishi talab etiladi.

Jamoamizda yo‘qotishlar yo‘q. Hamma futbolchilarimiz o‘yinga tayyor. Hujumchimiz Dragan Cheran Farg‘onada bo‘lgan o‘yinda maydonga tushmadi. Unda kichik jarohat bor edi. Biz tavakkal qilishni hohlamadik. Ammo u bugun mashg‘ulotlarimizga qo‘shildi va ertaga bo‘ladigan o‘yinda jamoamizga yordam beradi.

Doniyor Narzullayev hozir Toshkentda, shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi. Uning ahvoli ancha yaxshi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, u tezroq safga qaytib jamoadoshlarimga yordam beray deyapti. Umid qilamizki, futbolchimiz yaqin kunlarda mashg‘ulotlarimizga qo‘shiladi", — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

"Ertaga bizni qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Bizga raqib qanday kuchga ega ekanligini unchalik ahamiyati yo‘q. Ammo raqibimizni hurmat qilamiz. Biz ertaga muxlislarimizni xursand qilish maqsadida, g‘alaba uchun maydonga tushamiz. G‘alaba qozonish uchun borimizni beramiz. Kamchilik har jamoada ham bo‘ladi, biz ham raqibni yaxshi o‘rgandik. Ertaga raqibni xato va kamchiliklaridan foydalanishga urinamiz" — dedi Bobur Abduxoliqov.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 14:12, 04.03.2018.
O'qildi: 6215 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик