Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 2-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Jezualdu Ferreyra: «Falsafamiz — har bir o‘yinda ko‘proq gol urish»

Jezualdu Ferreyra: «Falsafamiz — har bir o‘yinda ko‘proq gol urish»

Baho:
+ | -

Bugun Qarshidagi “Markaziy” stadioni anjumanlar zalida, “Nasaf” – “As-Sadd” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar klubi bosh murabbiyi Jezualdu Ferreyra va jamoaning 5-raqamdagi yarim himoyachisi Jugurza Hamrun ishtirok etishdi.

"Bizni yaxshi kutib olishgani uchun mezbonlarga tashakkurimni bildiraman. Biz ertaga bo‘ladigan o‘yinga tayyormiz. O‘yin qiziqarli bo‘lishini oldindan aytishim mumkin.

Tarkibimizda ayrim yo‘qotishlar bor. Masalan Xavini Qarshiga olib kelmadik, uning jarohati bor. Ammo jamoamizda maydonga tushadigan futbolchilar yetarli, ular o‘yinga tayyor.

Jamoamizda ruhiy holat joyida. Chempionatimizning bo‘lib o‘tgan o‘yinida mag‘lub bo‘ldik, bu mag‘lubiyat alamli bo‘ldi, lekin OCHL o‘yinlarida natijalarimiz yaxshi. Oldimizda qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Ammo bo‘lajak o‘yinlarda ham ijobiy natijalarga erishishga harakat qilamiz.

Biz “Nasaf”ning o‘yinlarini ko‘rib chiqdik, ya’ni o‘rganib chiqdik. Raqibimiz himoyadan hujumlarga tez o‘tadigan o‘yin ko‘rsatadi. Jamoamizda bir falsafa shakllangan, bu ham bo‘lsa, har bir uchrashuvda ko‘proq gol urish.

Guruhimizdan kuchli jamoalar joy olishgan. O‘tgan uchrashuvlarda 6 ochko to‘plagan bo‘lsakda, o‘zimizni yetakchi hisoblamay olmaymiz. Oldinda muhim o‘yinlar bor. Raqibimiz “Nasaf” ham shunday kuchli jamoa hisoblanadi. Mana sizlarda milliy chempionat start oldi. Demak, raqibimiz “Nasaf”ning ham borgan sari o‘yinlari kuchayib boraveradi", — dedi Jezualdu Ferreyra.

"Ertaga bizni qiyin o‘yin kutib turibdi, bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Jamoadoshlarim o‘yinga tayyor, ertaga g‘alaba uchun maydonga tushamiz. O‘zbek futbolidan yaxshi xabarim bor. Masalan Sardor Rashidov bizni chempionatda to‘p tepgan. Ammo men raqibning qanday kuchga egaligiga e’tibor bermayman. Biz uchun raqib kim bo‘lishini unchalik ahamiyati yo‘q", — dedi Jugurza Hamrun.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 14:18, 04.03.2018.
O'qildi: 4506 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.