Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

"Dinamo" "Qayrat" bilan durang o‘ynadi

"Dinamo" "Qayrat" bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Toshkentdagi dastlabki yig‘inning so‘nggi nazorat uchrashuvida “Dinamo” jamoasi poytaxtimizda tayyorgarlik ko‘rayotgan Qozog‘iston birinchi ligasi vakili “Qayrat” jamoasiga qarshi to‘p surishdi.

Ushbu bahsda “Dinamo” murabbiylar shtabi ikki tarkibni sinovdan o‘tkazgan bo‘lsa, Olma-Otaning “Qayrat” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Shaskix deyarli asosiy tarkib bilan to‘p surdi.

Nazorat bahsining dastlabki daqiqalaridan “Dinamo” hujum chizig‘ida murabbiylar ko‘rikida bo‘lgan yangi futbolchilar – “Nasaf”dan taklif etilgan yosh futbolchi Mirza Joniqulov, toshkentlik yosh yarimhimoyachi Aram Markaryan va tajribali hujumchi Muydin Mamazulunovlar to‘p surishdi.

Ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida yarimhimoyachi Jasur Azimov hisobni ochgan bo‘lsa, 75-daqiqada qozog‘istonliklar futbolchisi Rashid Lyuxay muvozanatni tikladi, 1:1.

Qayd etish joiz, murabbiylarimiz har ikki bo‘limda ikki xil tarkibni maydonga tushirishdi. “Dinamo” 5 mart kuni Toshkentdagi dastlabki yig‘inni yakunlab, 6 mart kuni Samarqandda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Navbatdagi yig‘in ham 9 mart kunidan poytaxtimizda tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Nazorat uchrashuvi. Toshkent.

4 mart (yakshanba)

«DINAMO» - «QAYRAT» (Qozog‘iston) - 1:1

Gollar: Jasur Azimov 54 – Rashid Lyuxay 75.

«Dinamo»: Shohruh Eshbo‘tayev, Mirkomil Lokayev, Viktor Grigoryev, Hakimxon A’lamxonov, Aziz Suyunov, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Ilhom Yunusov, Mirza Joniqulov, Aram Markaryan, Muydin Mamazunuov.

«Dinamo» (2-bo‘lim): Rustam Toshturdiyev, Bunyod Isroilov, Firdavs Abdusalimov, Abdullo Abdulloyev, Temur Fayzullayev, Komil Sharofutdinov, Damir Temirov, Jasur Qurbonov, Elbek Otaqulov, Farrux Shotursunov, Maradon Safarov.

Eslatib o‘tamiz, “Dinamo” Pro-Liga 1-turi doirasida 25 mart kuni G‘uzorda “Sho‘rtan” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

 

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 13:54, 05.03.2018.
O'qildi: 3070 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.