Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/03 15:35 Yaponiya 0-0 Saudiya Arabistoni
25/03 16:00 Xitoy 0-2 Avstraliya
25/03 16:00 Janubiy Koreya 1-1 Iordaniya
25/03 18:45 Indoneziya 1-0 Bahrayn
25/03 18:45 Qirg‘iziston 3-1 Qatar
25/03 21:00 Eron 2-2 O‘zbekiston
25/03 23:15 KXDR 1-2 BAA
25/03 23:15 Kuvayt 0-1 Ummon
25/03 23:15 Falastin 2-1 Iroq
26/03 01:00 Boliviya 0-0 Urugvay
26/03 05:00 Chili 0-0 Ekvador
26/03 05:00 Venesuela - Peru
26/03 05:00 Kolumbiya - Paragvay
26/03 05:00 Argentina - Braziliya

«Sardor, seni ertaga mashg‘ulotda kutamiz» - barchasi David Astori haqida

«Sardor, seni ertaga mashg‘ulotda kutamiz» - barchasi David Astori haqida

Baho:
+ | -

«Fiorentina» sardori Davide Astorining vafoti butun futbol jamoatchiligini tushkun holatga tushishga majbur qildi. Ayniqsa italiyalik muxlislar buni og‘ir qabul qilishdi. Astorining jamoadoshi Rikardo Saponaraning o‘z sardoriga yo‘llagan vidolashuv maktubi ko‘ngillarni larzaga keltirdi.

«Sardor, mening sardorim! Nimaga bugun biz bilan nonushta qilishga kelmading? Nimaga odatdagidek Markoning (Marko Sportello, darvozabon) xonasidan oyoq kiyimingni olib, odatdagidek senga atalgan apelsin sharbatini ichishga kelmading? Ular bizga hayot davom etadi, o‘zingizni qo‘lga oling deyishyapti, lekin sensiz buni qanday eplaymiz?
Endi kim ertalab oshxonaga birgina tabassumi bilan barchani xursand qilib kirib keladi? Kim bizdan kechasi nima qilganimizni so‘rab kuldiradi? Endi kim yosh futbolchilarni urshib, ularga tanbeh beradi? Biz endi kim bilan shoular, seriallar va restoranlarni muhokama qilamiz?

Iltimos, qayt. Birgalikda «La-la lend» va boshqa ko‘rmagan filmlarimizni muhokama qilishimiz kerak. Florensiyaga qayt, ular seni kutmoqda. Sadoqating uchun sen bilan shartnomani uzaytirishmoqchi. Chiqaqol shu la’nati xonadan. Biz seni ertaga mashg‘ulotda kutamiz.

Dunyoda shunday insonlar borki, seni bilishsa ham gaplashishmaydi. Lekin Davide kabi insonlar ham borki, seni birinchi marta ko‘rganidayoq «Florensiyaga xush kelibsan, Rikki», deb kutib oladi. Sardor, mening sardorim!»,- deb yozadi Sapanora.
«Fiorentina» Astori vafot etgan kunining ertasiga u bilan shartnomani uzaytirmoqchi edi. Klub bu kelishuvni baribir imzolamoqchi. Ma’lum bo‘lishicha, Astori bilan shartnoma butun umrga uzaytiriladi. Futbolchining maoshini ayoli va qizi olishadi. Bu futbolchini qaytarmasligi mumkin, lekin insoniylik jihatdan taqsinga sazovor…

Manba: www.erudit-sport.uz
Kiritildi: 15:01, 06.03.2018.
O'qildi: 9331 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz