Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

«Xayr, Parij» yoxud 3 oyga futbolsiz qolgan Neymar haqida

«Xayr, Parij» yoxud 3 oyga futbolsiz qolgan Neymar haqida

Baho:
+ | -

«PSJ»ning bosh yulduzi Fransiya chempionati 27-turida «Marsel»ga qarshi kechgan o‘yinda orttirgan jarohati tufayli jarrohlik stoliga yotdi. Eng yomoni, katta ehtimolki, u mavsumning qolgan qismida maydonga tusholmaydi.

To‘g‘ri, taxmin qilinishicha, Neymar Braziliya milliy jamoasining JCH-2018 doirasidagi ilk o‘yinigacha to‘liq tiklanishi kerak. Futbolchi avvalgi hafta vataniga qaytdi (26 yoshli hujumchini Rio-de-Janeyro aeroportidan nogironlar aravachasida olib o‘tishdi) va shanba kuni jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Chunonchi, Parijdagi chuqurashtirilgan tibbiy tekshiruv natijasi yaxshi chiqmadi - hujumchining to‘piq suyagi singani ma’lum bo‘ldi. Braziliya termasi shifokori Rodrigo Lashmar tibbiy tekshiruvda bevosita qatnashib, operasiya bo‘yicha qaror chiqarishda ham ishtirok etdi.

Uning aytishicha, bunday jarohatdan keyingi tiklanish jarayoni  2,5-3 oy vaqt oladi. Demak, barchasi yaxshi chiqsa, Neymar may oyi oxirida, ya’ni JCH startiga oz muddat qolgan vaqtda maydonga tushishi mumkin.

Tabiiyki, Fransiyada eng qimmatbaho futbolchining jarohati keng muhokama qilinmoqda. L’Equipe nashrida yozilishicha, Neymar «PSJ»ning umumiy holatga munosabatidan juda xafa.

«Xayr, Parij» -  gazeta muqovasi shunday bezatildi va bu Neymar tiklangach, jamoaga qaytmasligi mumkinligiga sha’ma.

Le Parisien gazetasi esa ushbu yoqimsiz jarohat klubning ichki muhitiga salbiy ta’sir qilgani haqida ma’lumot berdi. 

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 04:48, 07.03.2018.
O'qildi: 9806 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.