PSJ klubi yarim himoyachisi Marko Verratti “Real”ga qarshi javob bahsida ikkita sariq kartochka ishlab, maydondan chetlatildi.
Gap shundaki, italiyalik futbolchi parijlik futbolchilarning so‘nggi olgan 4 ta qizil kartochkasining 3 tasini o‘ziniki qilgan.
Avvalroq, Verratti 2016 yilning sentyabr oyida “Arsenal”ga qarshi o‘yin (1:1) va 2013 yil “Olimpiakos” bilan o‘yinda (2:1) maydondan chetlatilgandi.