"Chelsi" yarimhimoyachisi Eden Azar Belgiya terma jamoasidagi sherigi Yannik Ferreyra-Karraskoning Xitoyga yo‘l olgani haqida fikr bildirdi
"Karraskoning ishiga aralashmayman, ammo uning "Atletiko"ni tark etishini bilganman. Balki Xitoydan taklif yagona variant bo‘lgandir.
Agar u Madridda qolganida mavsum oxirigacha maydonga tushmagan bo‘lar edi. Endi u futbol o‘ynashiga ishonadi. Ispaniyada zaxirada o‘tirgandan, Xitoyda o‘ynagan yaxshi", - deydi Azar.