Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Lokomotiv» - «Metallurg» uchrashuviga ham kirish bepul

«Lokomotiv» - «Metallurg» uchrashuviga ham kirish bepul

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi-2018 ertaga 2-tur uchrashuvlari bilan davom ettiriladi.

Tur doirasidan o‘rin olgan qiziqarli tarzda kechishi kutilayotgan bellashuvlardan birida O‘zbekistonning 2 karra chempioni - "Lokomotiv" Bekobodning "Metallurg" jamoasini qabul qiladi.

Mazkur uchrashuv "Lokomotiv" stadionidagi yangi mavsumdagi ochilish bahsi bo‘ladi.  Shu boisdan "temiryo‘lchilar" jamoasi mazkur o‘yinga ancha jiddiy hozirlik olib bordi.

O‘yinni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida "Lokomotiv" stadionida ham ayrim ta’mirlash ishlari olib borildi.  Stadionda oilaviy sektor tashkil etildi.  Endi stadionimizga farzandlari bilan birgalikda tashrif buyuradigan muxlislar uchun ham qulayliklar yaratildi.

Shuningdek,  "Lokomotiv" rasmiy do‘koni ham faoliyat ko‘rsata boshladi.  Klub rasmiy do‘konida ishqibozlar klub atributkalari,  jamoa liboslari hamda sport kiyimlarini harid qilishlari mumkin.

9 mart kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda "Lokomotiv" stadionining 1-8 sektorlari uchun biletlar bepul tarzda taqdim etiladi.  Qolaversa,  o‘yin boshlanishi oldidan katta konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Ta’kidlab o‘tamiz, "Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuvi 9 mart kuni TTZ dahasidagi "Lokomotiv" stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘yin soat 20:00da start oladi.  Futbol ishqibozlari soat 18:00dan boshlab stadionga tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 20:51, 08.03.2018.
O'qildi: 2145 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик