"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Yevropa ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida "Arsenal"dan uchralgan mag‘lubiyat (0:2) haqida gapirdi.
"O‘yin qiyin bo‘lishini bilar edik. "Arsenal" bu uchrashuvga qiyin holatda yetib keldi, ammo bu jamoada mohir futbolchilar ko‘p. Biz xatolarga yo‘l qo‘ydik. "Milan" bir butun jamoa bo‘la olmadi.
"Arsenal" g‘alabaga haqli bo‘ldi. Londonliklarning har bir hujumi xavfli bo‘ldi. Ko‘pchilik shogirdlarim uchun bunday saviyadagi o‘yin birinchi marta o‘ynamoqda. Biz bu o‘yindan saboq chiqaramiz", - deydi Gattuzo.