Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Marko Milich: «O‘zbekiston go‘zal diyor ekan»

Marko Milich: «O‘zbekiston go‘zal diyor ekan»

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912”  jamoasi tarkibida bu yil Serbiyalik himoyachi Marko Milich to‘p surmoqda. Milich superliganing birinchi va ikkinchi turlarida maydonda 90 daqiqa to‘p surdi. Serbiyalik himoyachi O‘zbekiston va superliga o‘yinlari borasida o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Men birinchi marta O‘zbekistonga kelishim . To‘g‘risini aytaman bu yerga kelgunimcha O‘zbekiston haqida tasavvurlarim boshqacha edi. Mamlaktingizda bir oy yashab , bu yurt va o‘zbek halqi haqidagi tasavvurim butunlay o‘zgardi. O‘zbekiston go‘zal diyor ekan. Ayniqsa mamlakatdagi tinchlik, xotirjamlikni hech narsaga qiyoslab bo‘lmaydi. O‘zbek halqi va o‘zbek taomlarining  esa ta’rifiga til ojiz.Kelganimga endi bir oy bo‘ldi. Menga bu yurtda bo‘lish judayam yoqmoqda. Meni O‘zbekistonga taklif qilgan No‘’mon Hasanovdan judayam minnatdorman.

“Qo‘qon-1912”  jamoasida meni juda yaxshi kutib olishdi. Jamoada barcha yigitlar professional futbolchilar. Umuman bu yerda hamma o‘z ishini sidqidildan bajarmoqda. Ahillik havas qilarlik darajada ekan. Jamoaga ko‘nikib ketishimda hamyurtim Darko Gojkovichning xizmatlari katta bo‘ldi. Darko ikki yil bu klubda o‘ynab, ancha tajriba ortirgan. Albatta legioner futbolchi boshqalardan bir bosh ustun bo‘lishi kerak. Buning uchun mashg‘ulotlarda astoydil ishlamoqdaman, jamoamga foydam  ko‘proq tegishi uchun astoydil harakat qilaman.

Superliganing ikkita o‘yinida maydonga tushdim, chempionatingiz saviyasi men o‘ylagandan ancha yuqori ekan. Ayniqsa Buxordagi o‘yinda stadiondagi atmosfera, muxlislarning qo‘llab quvvatlashlari judayam ajoyib bo‘ldi. Boshida ozgina hayajon bo‘ldi. Navoiyda esa ancha muhitga  moslashdim. Har ikki o‘ynagan jamoalarimiz ham kuchli klublar ekan. O‘yinlar ancha qiyin bo‘ldi. O‘zbekistondagi  futbochilar texnikasi yuqori, ham aqlan kuchli futbolchilar  ekan.  Mavsum endi boshlandi, o‘yindan o‘yinga o‘z o‘yinimni kuchaytirib borishga intilaman.

Qo‘qonga hali bormadim. Eshitishimcha Qo‘qon o‘zbek futbolining vatani ekan. Qo‘qonlik muxlislar esa ilk safar o‘yinidayoq o‘zlaridan juda yaxshi taassurot qoldirishdi. Bunday muxlislar uchun jonimni berib o‘ynashga tayyorman.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 22:43, 11.03.2018.
O'qildi: 5441 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.