Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Sport TVdan ajoyib yangilik!

Sport TVdan ajoyib yangilik!

Baho:
+2 | -

Bugungi kunda sport musobaqalari, ayniqsa futbol uchrashuvlari teletranslyasiyasida kichik detallarni ham ekranga sifatli holatda olib chiqish muhim sanaladi.

Bunda super sekinlashtirilgan kadrlarni tasvirga olish imkoniyatiga ega telekameralardan foydalaniladi. O‘zMTRK AQSHning “Grass Valley, a Belden Brand” va Kanadaning “ROSS VIDEO” kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi teletexnalogiyalarni sport translyasiyalariga tatbiq qilishni rejalashtirmoqda. Superliga 2 – turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvida shu jarayonning kichik ko‘rinishi taqdim etilgan edi.


Bugun bo‘lib o‘tadigan OCHL 4-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv”-“Al Duhayl” o‘rtasidagi bahs teletranslyasiyasida O‘zMTRK “Sport” teleradiokanali va AQSHning “Grass Valley, a Belden Brand” kompaniyasi xodimlari hamkorlikda super sekinlashtirilgan kadrlarni tasvirga olish imkoniyatiga ega telekameralardan foydalanishadi.


Endilikda futbol muxlislari nafaqat uchrashuv jarayonini, qo‘shimchasiga futbolchilar va murabbiylar ehtirosga to‘la nigohlari, harakatlarini super sekinlashtirilgan kadrlarda tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. “Sport” TV futbolning bor jozibasini muxlislarga yetkazishni maqsad qilgan, - deya xabar qiladi telenalning telegram sahifasi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 12:13, 12.03.2018.
O'qildi: 20356 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик