Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Zamonaviy futbol «daholar»ciz qolganida...

Zamonaviy futbol «daholar»ciz qolganida...

Baho:
+ | -

Bugungi kunga kelib, zamonaviy futbolning maydon ichida va tashqarisidagi asosiy mavzusi-Messi hamda Ronaldu hisoblanadi. XX asrning qarama qarshiligi «Pele-Maradona» endi tarixda qoldi. Biz xayollarimizni kuchga solib, bu ikki futbol «daho»larisiz zamonaviy futbolni tasavvur qilib ko‘ramiz.

Agar Ronaldu hamda Messi bo‘lmasa quyidagi voqealar sodir bo‘lar edi:

1. Gollandiya terma jamoasi – 2004-yilgi Yevropa chempionatining finalchisi.

O‘zining birinchi yirik xalqaro turniri-2004-yilgi Yevropa chempionatiga Ronaldu qit’aning asosiy yosh iste’dodlaridan biri sifatida tashrif buyurgan edi. Ammo yarim finalgacha u berilgan ishonchlarni oqlamayotgan edi. Gresiyaga urilgan yagona gol ham unga taskin bera olmasdi. Gollandiya bilan yarim finaldagi o‘yin uning uchun atalganga o‘xshadi. Bitta gol hamda golli pas Portugaliyani finalga yetaklagan edi. U bo‘lmasa, katta ehtimol bilan final Niderlandiyaniki bo‘lar edi.

2. «Chelsi» - Chempionlar Ligasi g‘olibi va 2007/2008 mavsum Angliya chempioni.

2. 2007/2008 mavsum Ronaldu uchun eng yaxshi mavsumlardan biri. Chempionatda 31 gol va Chempionlar Ligasidagi 8 gol «Manchester Yunayted»ni «oltin dubl» qilishi uchun zamin yaratdi. Asosiy sovrin uchun kurash oson kechmadi. Eng so‘ngi tur g‘olib nomini aniqlab berdi. O‘shanda «Chelsi» bilan farq 2 ochkoni tashkil etar edi. Oxirgi turda Rayan Gigz hamda portugaliyalik yulduz g‘alaba keltirib Angliyani «qizil» rangga «bo‘yadi»

10 kundan so‘ng finalda gol urgan Ronaldu penaltilar seriyasida gol ura olmadi. Baribir, yakunda «qizil iblis»lar champion bo‘lishdi.

3. «MYU» Chempionlar Ligasini ketma-ketma qo‘lga kiritgan birinchi ingliz jamoasi.

Ammo, afsuski, bu ularning taqdirida yozilmagan ekan. Ikki «yulduz» bir-birini sovrindan ayirgan holatlardan biri. Rimdagi finalda argentinalik «afsona» o‘zi gol urdi hamda Etooga golli pas berib «Barselona» g‘alabasini ta’minlagan edi.

Shundan so‘ng Ronaldu Angliyani tark etdi

4. Portugaliya «Evro-2016» da, Argentina «JCH-2014» da guruhdan chiqa olmas edi.

Faktlardan ko‘rinib turibdiki, bu ikki yulduz ana shu musobaqalarda jamoasi sha’nini saqlab qolgan. Leo Braziliyadagi musobaqada guruh bosqichining hammasida g‘alaba to‘pini kiritib o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.

Ronaldu ikki yildan so‘ng o‘zini ko‘rsatdi. Vengriya bilan o‘yinda dubl qayd etib jamoani guruhdan «elkasida ko‘tarib» olib chiqdi.

5. Juda qimmat transferlar davri boshlanmas edi.

Ronaldu hamda Kakaning transferi Zidanning 2001-yilgi transferidan keyingi eng yirik xarid deb qayd etildi. Aynan mana shu transferdan so‘ng futbolchilarga «daxshatli» narxlar e’lon qilina boshlandi. Buni tekshirish uchun faktlarga murojaat qilamiz. Dunyodagi 50 yirik transferning 44 tasi aynan Ronalduning transferidan keyin bo‘lib o‘tgan.

6. Dunyoda juda ham ko‘p odamlar hayot bilan vidolashgan bo‘lar edi.  Davomi:

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:28, 12.03.2018.
O'qildi: 9760 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.