Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

«Sevilya» «MYU»ni YECHLdan chiqarib yubordi

«Sevilya» «MYU»ni YECHLdan chiqarib yubordi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Manchester Yunayted» o‘z uyida «Sevilya»ni qabul qildi.

Jamoalar uchrashuvning aksariyat qismida yopiq o‘yin namoyish qilishdi. Hech bir jamoa tavakkal qilishni istamadi. Ispaniyalik bosh murabbiyi bahsning 72-daqiqasida Vissam Ben-Yedderni zaxiradan maydonga tushirdi. Aynan ushbu futbolchi o‘yin taqdirini hal qildi. 74-daqiqada markaz bo‘ylab uyushtirilgan hujum paytida forvard jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va 14 metrlardan aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Andalusiyada bo‘lib o‘tgan o‘yinda juda ko‘p seyv namoyish qilgan David de Xea bu safar ojiz qoldi.

Oradan 4 daqiqa o‘tib ben Yedder yaqin masofadan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib, yerga tushdi va chiziqni kesib o‘tdi. Yerda yotib qolgan "MYU" posboni yana jamoasini qutqara olmadi.

Uchrashuv tugashiga 6 daqiqa qolganida Romelu Lukaku burchakdan yetkazilgan uzatmani darvozaga joylab, o‘yinga intrigani qaytardi. Ammo qolganiga Mourinyo shogirdlarining kuchi yetmadi. Aksincha, kompensasiya vaqtida Vissam Ben-Yedder "xet-trik"ni rasmiylashtirishi mumkin edi, biroq hujumchi yakkama-yakka vaziyatda de Xeani dog‘da qoldira olmadi.

Dastlabki o‘yinda hisob ochilmagandi, safarda qozonilgan g‘alaba "Sevilya"ni chorak finalga olib chiqdi.

YECHL, nimchorak final, javob o‘yini
Manchester Yunayted Angliya – Sevilya Ispaniya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 74 Ben-Yedder, 0:2 – 78 Ben-Yedder, 1:2 – 84 Lukaku.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Bayi, Valensiya (Mata, 77), Lingard (Marsyal, 77), Yang, Fellayni (Pogba, 60), Matich, Sanches, Reshford, Lukaku.
Sevilya – Riko, Kyer, Eskudero, Merkado, Langle, Vaskes (Pisarro, 87), Banega, Sarabiya, Nzonzi, Korrea (Gays, 89), Muriel (Ben-Yedder, 72).
Ogohlantirishlar: Banega (5), Ben-Yedder (78), Korrea (88), Sarabiya (90), Reshford (90).
Dastlabki o‘yin — 0:0

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:36, 14.03.2018.
O'qildi: 13483 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик