"Atletiko" klubi Yevropa ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvini o‘tkazish uchun Moskvaga yetib keldi.
Madridliklar delegasiyasi Moskva aeroportida muammoga duch keldi. Klubning ijrochi direktori Migel Anxelya Xil Marina bojxona tekshiruvi vaqtida pasportini topa olmadi. U shu tariqa, hujjatlar bilan masala hal bo‘lguniga qadar aroportda ushlanib turiladi.
Xil Marin pasportini qayerda - Madriddami yoki uchish vaqtidami - yo‘qotganini bilmayapti. Samolyot tekshirilganida uning pasporti topilmadi.
"Lokomotiv" - "Atletiko" uchrashuvi 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yinda madridliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonganlar.