Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

600 gol tarixi yoxud Messining ajoyib ko‘rsatkichlari va «qurbonlar» ro‘yxati

600 gol tarixi yoxud Messining ajoyib ko‘rsatkichlari va «qurbonlar» ro‘yxati

Baho:
+ | -

«Atletiko» darvozasiga jarima nuqtasidan urilgan betakror gol «Barselona»ga juda muhim 3 ochko keltirgani bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi.

Ha, buyuk dahocha Lionel Messi faoliyatidagi yubiley - 600-golning shunday chiroyli va muhim chiqqanida bir hikmat bordek. Buni nazarda tutgan soccer.ru sayti ijodkorlari Leoni alohida tabriklash barobarida darhol uning 600ta goli tarixini «kavlash»ga tushdilar...

Ha, allaqachon «Futbol elchisi» maqomini olgan Leo 30 yoshida 600ta gol marrasini zabt etdi. Gap faqat rasmiy o‘yinlarda urilgan gollar haqida ketyapti (terma ja-moalar o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari ham rasmiy maqomga ega, zero, ular FIFA bayrog‘i ostida o‘tkaziladi).

Klub va terma jamoa uchun

- Messi 600ta gol uchun 747ta o‘yin sarfladi. Demak, bu oraliqdagi o‘rtacha mahsuldorligi 0,803ta golni tashkil qildi. Boshqacha aytganda, har bir o‘yiniga shuncha gol to‘g‘ri keladi.

- Leo o‘z gollaridan 539tasi (89,8 foizi)ni «Barselona» libosida nishonladi. O‘yinlar soni - 624ta, o‘rtacha mahsuldorlik - 0,86ta gol. Argentina milliy jamoasida esa raqiblar darvozasini 61 marta nishonga oldi.

Bu jami gollaridan 10,2 foiziga teng. Terma jamoadagi statistikasi: 123ta o‘yin, o‘rtacha mahsuldorlik - 0,496ta gol.

Turnirlar

- La-ligada 373ta gol (62,2 foiz). Ha, Lionel Messi gollarining katta qismini Ispaniya Primerosida urgan. Aytish joiz, u ayni payt La-liga tarixidagi bosh to‘purardir.

- Yevropa Chempionlar Ligasida 98ta gol (16,3 foiz). «Ko‘hna qit’a» klub futbolining bosh turnirida 98ta aniq zarba - fantastik ko‘rsatkich, ammo bu cho‘qqi emas. Zero, Messi musobaqaning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi bo‘lib turibdi.

U 3-o‘rindagi Raul (71ta gol)dan ancha oldinda, ammo peshqadam - Krishtianu Ronaldu (117ta gol) oxirgi mavsumlarda sezilarli darajada o‘zib ketdi. Demak, Leo oldidagi asosiy vazifalardan biri - CHL bosh goleadorlari ro‘yxatida 1-o‘ringa chiqish.

- «Qirol kubogi»da 47ta gol (7,8 foiz). Leoning Ispaniya milliy kubogi to‘purarlari ro‘yxatida atigi 9-o‘rinni egallab turgani biroz g‘alati, albatta. Darvoqe, turnirning bosh goleadori ancha oldinda: «Atletik»ning afsonaviy hujumchisi Telmo Sarra XX asr o‘rtalarida 81ta gol urgan.

- Argentina terma jamoasining o‘rtoqlik o‘yinlarida 27ta gol (4,5 foiz). Alohida aytish joiz, Leo milliy jamoada gol urish bobida ancha qiynaladi va shuning uchun ularning har biri alohida ahamiyatga ega.

- JCH saralash o‘yinlarida 21ta gol (3,5 foiz). O‘rinli fakt: Messi JCH-2018 kvalifikasiyasining oxirida o‘z mahoratini to‘liq ishga solmaganida, Argentina termasining navbatdagi mundial tomoshabiniga aylanishi hech gap emasdi.

- Ispaniya superkubogida 13ta gol (2,2 foiz).

- Amerika kubogida 8ta gol (1,3 foiz).

- Klublar o‘rtasidagi JCHda 5ta gol (0,85 foiz).

- Jahon chempionatida 5ta gol (0,85 foiz). Leoning JCH-2018ga katta umid bog‘layotgani o‘z-o‘zidan tushunarli.

- Yevropa superkubogida 3ta gol (0,5 foiz).

Tana a’zolari

Leo asosan tanasining qaysi qism-lari bilan gol uradi? Bu borada ham statistika yo‘q emas.

- Chap oyoq bilan 496ta gol (82,7 foiz). Bu statistika Leoning buyuk chapaqay ekanligidan dalolat.

- O‘ng oyoq bilan 78ta gol (13 foiz). Ha, Messi aksariyat chapaqaylardan farqli o‘laroq, o‘ng oyog‘ini ham ishga solishni biladi. «Zaif» oyoqda 78ta samarali zarba - ko‘plab hujumchilar yillar davomida shuncha gol urolmaydilar.

- Bosh bilan 24ta gol (4 foiz). Bo‘yining ancha pastligini inobatga olsak, chakki ko‘rsatkich emas. Zero, Leo «ikkinchi qavat» o‘yinchisi sanalmaydi.

- Tananing boshqa a’zolari bilan 2ta gol (0,3 foiz). Har bir buyuk ijrochi ba’zan tasodifan gol bilan taqdirlanishi ham mumkin.

Vaziyatlar

Xo‘sh, «Barsa» javohirining qaysi holatdan gol urishi osonroq?

- O‘yin holatidan 484ta gol (80,7 foiz). Bu statistika yuksak dribling mahorati, yuqori tezlik, aqlli qaror, aniq zarba yo‘llash va vaqtida ochiq hududga chiqib borish xususiyati mahsuli, albatta.

- Penaltidan 77ta gol (12,8 foiz). Ha, Leo xirmonida 11 metrli jarima zarbasi samarasi ham salmoqli. Vaholanki, penalti tepish uning uchun sevimli yumush sanalmaydi.

- Jarima zarbalaridan 39ta gol (6,5 foiz). Argentinalik yulduz jarima zarbalarini amalga oshirishni deyarli san’at darajasiga olib chiqqan futbolchilardan biridir. 600-goli bu fikrga yaqqol dalil: hattoki, Yan Oblak ham hech narsa qilolmadi.

Maydon hududlari

Argentinalik dahocha ayniqsa, jarima maydoni ichida xavfli, ammo u uzoqdan zarba yo‘llashni ham qo-yillatadi.

- Jarima maydoni ichidan 496ta gol (82,7 foiz). Oddiy ta’rif bersak, Leo - yaqin radius goleadori.

- Jarima maydoni tashqarisidan 104ta gol (17,3 foiz). Gohida uning uzoq masofadan «o‘q ochishi» ham darvozabonlar sillasini quritadi. 100tadan ortiq gol shunday «zambarak»lar mahsulidir.

«Qurbonlar» ro‘yxati

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:11, 14.03.2018.
O'qildi: 12600 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.