Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/02 00:45 Kalyari 0-0 Lasio
22/02 01:00 Manchester Siti 2-1 Nyukasl
22/02 01:00 Atletiko 4-2 Espanyol
22/02 16:30 Jenoa 3-0 Torino
22/02 18:00 Xetafe 0-1 Sevilya
22/02 19:00 Atalanta 2-1 Napoli
22/02 19:00 Nottingem Forest 0-1 Liverpul
22/02 19:00 Kristal Pelas 1-0 Vulverhempton
22/02 19:00 Sanderlend 1-3 Fulhem
22/02 20:15 Barselona 3-0 Levante
22/02 21:30 Tottenhem 1-4 Arsenal
22/02 22:00 Milan 0-1 Parma
22/02 22:30 Selta 2-0 Malyorka
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina - Piza
24/02 00:45 Bolonya - Udineze
24/02 01:00 Everton - Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves - Jirona

Superliga klublarining barcha stadionlarida oilaviy sektorlar tashkil etildi

Superliga klublarining barcha stadionlarida oilaviy sektorlar tashkil etildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti, O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov tashabbusi bilan O‘zbekistondagi sport inshootlarida oilaviy sektorlar tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Bungacha Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida mana shunday oilaviy sektorlar mavjud bo‘lib, stadionga o‘z oilasi bilan tashrif buyuradigan muxlislar o‘yinlarini 10 sektordagi 100 ta o‘rindiqda tomosha qilish imkoniyatiga ega edi.

Oradan ikki-uch kun muddat o‘tdi. Superliganing barcha klublari o‘z o‘yinini o‘tkazadigan stadionlarida qulaylik darajasi bo‘yicha maxsus joylar ajratib, oilaviy sektorlarni tashkil etdi. Misol uchun,

“Bunyodkor” stadionining 4E (775ta) va 2A (750ta) sektorlaridan jami 1525ta o‘rindiq ajratildi. “So‘g‘diyona”da 10-sektordan 370ta, “Buxoro”da 2-sektordan 160ta, “Neftchi”da 32-sektordan 590ta, “Paxtakor”da 30-sektordan 840ta, “Metallurg”da 14-15 sektorlardan 1245ta, “Qo‘qon-1912”da 5-sektordan 150ta, “Qizilqum”da  A1sektordan 150ta, “Nasaf”da 3-sektordan 800ta, “Navbahor”da 18-sektordan 1078ta, AGMKda 4-sektordan 1208ta joy ajratildi.

Mamlakatimizda bunday sektorlar eng avvalo futbol o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionlarda joriy qilindi. Keyinchalik esa boshqa sport majmualarida, xususan, usti yopiq inshootlarda ham musobaqalarni maxsus sektorlarda kuzatish imkoniyatini yaratish borasida amaliy ishlarga kirishildi. U yerlarda ham sport tadbirlarini oilaviy tomosha qilish, madaniy hordiq chiqarish uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 17:07, 14.03.2018.
O'qildi: 2535 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.