Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

YECHL. «Barselona» - «Chelsi» uchrashuvi prevyusi

YECHL. «Barselona» - «Chelsi» uchrashuvi prevyusi

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final javob o‘yinlariga yakun yasaladi. Mazkur bosqichning qiziqarli o‘yinlaridan biri Barselona shahridagi "Kamp Nou" stadionida bo‘lib o‘tadi.

www.uzreport.news sayti bo‘lajak o‘yin oldidan qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etadi.

14 mart 2018 yil soat 00:45. Ispaniya. Barselona. "Kamp Nou" stadioni. Chempionlar ligasi. 1/8 final bosqichi. Javob o‘yini (birinchi o‘yin - 1:1) 

"Barselona" (Ispaniya) - "Chelsi" (London, Angliya) 

Bosh hakam: Damir Skomina (SVN)

Diskvalifikasiya: yo‘q

Jarohat: Nelson Semedu, Denis Suares (Barselona) - David Luis, Ross Barkli (CHelsi)

Taxmini tarkiblar: 

Barselona: ter Shtegen, Alba, Umtiti, Pike, Roberto, Inyesta, Buskets, Rakitich, Paulinyo, Suares, Messi.

Chelsi: Kurtua, Kexill, Kristensen, Aspilikueta, Alonso, Fabregas, Kante, Mozes, Azar, Villian, Morata.

 

Jamoalarning birinchi o‘yinida "Chelsi" klubi g‘alaba qozonish uchun raqibiga nisbatan yaqinroq kelgan edi. "Aristokratlar" uchrashuv davomidagi ustunlikdan faqat bir marotabagina foydalanishdi xolos. Lekin himoyadagi birgina xato bu ustunlikni ham yo‘qqa chiqardi (Messi faoliyatida ilk bor "Chelsi" darvozasini ishg‘ol etdi) va "Barselona" javob o‘yinidan oldin o‘zi uchun qulay bo‘lgan natija bilan ortga qaytishni uddaladi. Endilikda "Barselona"ni o‘z maydonidagi 0:0 hisobidagi durang ham qanoatlantiradi.

Agarda Ernesto Valverde shogirdali "Kamp Nou"da qulay natijaga erisha olishsa, kataloniyaliklar o‘z faoliyatida qatorasiga 11 marta bu ishni uddalashgan bo‘ladi. "Chelsi" esa so‘nggi 5 yil ichida faqat bir bor 1/8 finaldan keyingi bosqichga o‘ta olgan. Qo‘shimchasiga, "Barselona" 24ta uchrashuvdan buyon o‘z maydonida mag‘lubiyatga (22ta g‘alaba va 2ta durang "Atletiko", "Yuventus" bilan) uchramay kelmoqda. "Chelsi"ning safardagi o‘yinlar statistikasi esa unchalik ham yaxshi emas. Aynan shu natijalar Antonio Konte shogirdlarini keyingi bosqichga chiqishiga bo‘lgan ishonchni biroz kamaytiradi. Biroq, londonliklar avval ham "Kamn Nou"da favorit bo‘lmagan o‘yinlarda vaziyatdan chiqib keta olishgan.

Jamoalarning birinchi o‘yinidan so‘ng, "Barselona" klubi Ispaniya chempionatidagi holatini ancha yaxshilab oldi. Dasltab, derbida "Jirona" yirik hisobda taslim etilgan bo‘lsa, 27-turda eng yaqin ta’qibchi "Atletiko" mag‘lub etildi. Bir necha kun avval esa Valverde shogirdlari jamoa yetakchisi Messisiz autsayder "Malaga"ni taslim eta olishdi. 

"Chelsi" esa aksincha, ikkita markaziy o‘yinda ("Manchester Siti" (0:1), "Manchester Yunayted" (1:2) imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ammo APLning so‘ngi turida, derbida "Kristal Pelas"ni mag‘lubiyatga uchrata oldi. Shu tariqa, Konte shogirdlari ichki chempionatda ham 5 o‘ringa tushib qolib, kuchli to‘rtlikdan 4 ochkoga ortda qolishmoqda.

O‘yindan oldin "Chelsi" murabbiyi va futbolchilari chorak finalga chiqish uchun faqatgina ideal o‘yini ko‘rsatilishi kerakligini aytishdi. Aynan mana shunday o‘yingina londonliklarni keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin. Bu bahsda "Barselona" hisobdan kelib chiqqan holda, qarshi hujum uslubida ham o‘ynashlari mumkin. Ustiga ustak Valverde shogirdlari bu mavsumda bu orqali oz muncha gol urishmadi. Avvalgidek, faqat va faqat hujumda o‘ynash bu hozirgi "Barselona"ga uncha mos kelmaydi. Shuning uchun ham bo‘lajak bahsda gollar shousi bo‘lishiga ko‘pchilik ishnmayapdi.

Ernesto Valverde ("Barselona" bosh murabbiyi):

Londonda "Chelsi"ning nimalarga qodir ekanligini ko‘rdik. To‘g‘ri bunday o‘yindan keyingi natija biz uchun yaxshi, biroq o‘z biz uslubimizda o‘ynashda davom etishimiz kerak. Bunday "Chelsi" safarda ham gol urishi mumkin. Ular turli uslublardan foydalanishadi, Londonda ham buni guvohi bo‘ldik. "Aristokratlar" himoyada ham qarshi hujumda ham kuchli. Biz bu bahsda e’tiborli bo‘lishimiz zarur.

Antonio Konte ("Chelsi" bosh murabbiyi):

"Kamp Nou" - fantastik stadion. Har bir o‘yinchi bu maydonga oyoq bosib, birox hayajonlanadi. Mening ko‘pchilik futbolchilarim bu yerda hali o‘ynamangan. Ular shu yerda ekan, qo‘ldan kelgan barchasini bajarishlari kerak. Birinchi o‘yinda yaxshi o‘ynadik, deyarli ideal o‘yin. Buning ustiga dunyoning eng yaxshi klublaridan biriga qarshi. Birinchi o‘yin hisobi "Barselona"ga ustunlik beradi, ular g‘alaba qozonishga harakat qiladilar. Biz butun o‘yin davomida diqqat-e’tiborimizni yo‘qotmasligimiz kerak. Bu musobqada qolishimiz osonmas. Agar keyingi bochqichga chiqishni istasak, har bir vaziyatdan foydalanishimiz kerak.

Qiziqarli ma’lumotlar:

Jamoalar jami 13 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. Ulardan 4tasida "Chelsi", uchtasida "Barselona" va qolgan 6tasida durang qayd etilgan.

"Barselona" so‘ngi marta Angliya klublari bilan o‘tgan mavsumda to‘qnash kelgan. O‘shanda "Barsa" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni 4:0 hisobida mag‘lub etib safarda 1:3 hisobida yengilgan edi.

Kataloniyaliklarning o‘z maydonlarida Angliya klublariga qarshi statistikasi. 19 g‘alaba, 11 durang va 2 mag‘lubiyat. 

"Barselona" pley-off bosqichida 24 marta birinchi o‘yinda durang qayd etib undan 19tasida keyingi bosqichga o‘ta olgan.

"Chelsi" o‘z faoliyatida sakkiz marta 1/8 finaldan o‘tib to‘rt bor bu bosqichda qoqilgan. 

Londonliklar so‘ngi marta ispan klublaridan "Ateliko"ga qarshi (3:1) bahs olib borgan edi.

"Aristokratlar" Ispaniyaga so‘ngi 10ta safarlaridan hali mag‘lub bo‘lishmadi. (3 g‘alaba 7 durang)

"Chelsi" Ispaniyada 21ta o‘yindan faqat ikkitasida mag‘lub bo‘lgan. (7 g‘alaba, 12 durang)

Manba: www.uzreport.news
Kiritildi: 19:12, 14.03.2018.
O'qildi: 5437 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.