Kirish Ro'yxatdan o'tish

Konte: «3:0 hisobiga rozi emasman»

Konte: «3:0 hisobiga rozi emasman»

Baho:
+ | -

“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte “Barselona”ga qarshi o‘yindan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun o‘yin taqdirini Lionel Messi hal etdi. Biz dunyoning eng yaxshi futbolchisi haqida gapiryapmiz.

“Chelsi”ga har ikki o‘yinda ham omad yetishmadi. To‘rt marta darvoza to‘sini zarbalarimizni qaytardi. “Barselona” birinchi bo‘lib, gol urdi.

Ular har bir vaziyatni gol bilan yakunlashga o‘rganishgan. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ammo foydalana olmadik. Messi har yili 60 ta gol uradi. Gap bu yerda top-igrok emas, balki, super top-igrok haqida ketmoqda. Hammasi u bilan bog‘liq bo‘lib qoldi.

Afsuslanayotganimiz yo‘q, chunki yigitlar bugun barcha kuchlarini sarflashdi. Ammo 3:0 hisobiga rozi emasman.

Men turgan joydan ko‘rganingizda Alonso yiqilgan vaziyatda penalti belgilagan bo‘lar edingiz. Nima ham qila olardik, endi yakshanba kungi “Lester”ga qarshi o‘yinga tayyorlanamiz”, – dedi Konte.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 04:04, 15.03.2018.
O'qildi: 5751 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик