Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Yoshlar ligasi. “Metallurg” peshqadamga aylandi

Yoshlar ligasi. “Metallurg” peshqadamga aylandi

Baho:
+ | -

Mamlakat milliy chempionati Superligasida bugun yoshlar tarkiblari o‘rtasidagi bahsni “Metallurg” – “Qo‘qon 1912” jamoalari Bekobod shahridagi A.Anoxin nomidagi stadionda boshlab berishdi. Dastlabki ikki turdagi g‘alabadan ruhlangan yigitlarimiz bu safar ham muxlislarni xursand etishga jiddiy bel bog‘lashgandi, buning uddasidan chiqishdi. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq mehmonlar darvozasiga ikkita to‘p kiritib olgan metallurgchilar yakunda o‘z darvozalari dahlsizligini saqlab qolishdi va uchinchi g‘alabalarini rasmiylashtirishdi.

Bevosita o‘yin tafsilotlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, kun bo‘yi yoqqan yomg‘ir o‘yinning sifatiga ta’sir etmasdan qolmadi. Aksariyat vaziyatlarda yosh futbolchilar sirpanqich to‘pni o‘zlariga bo‘ysundirishga qiynalishdi. Bu ayniqsa birinchi taymda yaqqol sezildi. Bunday ob-havo sharoitidagi maydonga birinchi bo‘lib mezbonlar moslashishdi. Qolaversa, mavsum arafasida asosiy tarkib a’zolari orasida shug‘ullangan 4-5 yoshlarimiz maydonda boshqalardan yaqqol ajralib turishdi. Ayniqsa, himoya chizig‘i vakillari – Xudoyshukur Sattorov, Andrey Shipilov, Abror Toshqo‘ziyev singari yoshlarimiz o‘z vazifalari qolib, hujumchilar ishini ham bekamu ko‘st bajarishdi. 32-daqiqada Abror Toshqo‘ziyev muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa, hakam tomonidan birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan kompensasiya vaqtida Xudoyshukur Sattorov standart vaziyatdan unumli foydalandi.

Shunday qilib, uchta uchrashuvdan so‘ng yuz foizlik natija qayd etib turgan Artyom Petrosyan shogirdlari Yoshlar ligasida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Yoshlar ligasi

3-tur

«Metallurg»  - “Qo‘qon-1912” – 2:0 (2:0)

Bosh hakam: B. Yulcharayev

Gollar: A.Toshqo‘ziyev, 32, X.Sattorov, 45.

“Metallurg”: 25. Temur To‘ychiyev, 4. Adrey Shipilov, 5. Abduvohid G‘ulomov, 7. Jamshid Yusupov, 8. Abdulboriy Olimov, 10. Doniyor Hoshimov, 11. Muhammad Sultonov, 13. Abdullox Ikromov, 14. Ahror Toshqo‘ziyev, 17. Sarvar Sattorov, 20. Xudoyshukur Sattorov.

Zaxira: 50. Akobir Qayumov, 2. Farrux Sodiqov, 6. Jasur Rustamov, 9. Husniddin Saloydinov, 16. Asliddin Abdurahmonov, 18. Mahmudjon   Norqo‘ziyev, 19. Ibrohim Turg‘unboyev.

“Qo‘qon-1912”: 30 Islom Abdullayev, 4. Islom Toshpo‘latov, 5. Ibrohim G‘ofurov, 10. Ibrohim Muxtorov, 11. Muslim Qurbonov, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 17. Dilshod Baratov, 18. Doston Meliqo‘ziyev, 25. Ismoil Oxunjonov, 97. Oybek Rustamov, 98. Saveliy Abramov.

Zaxira: 12. Muhammadali Sobirov, 8. Baxtiyor Abdubannonov, 9. Ramzbek Isaqov, 23. Mo‘min Sodiqjonov, 26. Ismoil Tolipov, 70. Avaz Yusufjonov, 85. Ibrohim Usmonov.

Manba: www.metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 23:09, 15.03.2018.
O'qildi: 2115 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик