Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

“Lokomotiv” 2010 yildan buyon “Navbahor”ga yutkazmayapti

“Lokomotiv” 2010 yildan buyon “Navbahor”ga yutkazmayapti

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 3-turi doirasidan o‘rin olgan qiziqarli tarzda kechishi kutilayotgan bellashuvlardan biri Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda o‘tadi.

Unda O‘zbekistonning 2 karra chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi “Navbahor” mehmoni bo‘ladi.

Ushbu uchrashuvni tajribali referi – Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.  O‘yin soat 20:00da start oladi.

17 mart (shanba)

“Navbahor” – “Lokomotiv”

Hakamlar:  Z. Qodirov (Navoiy),  R. Samandarov (Navoiy),  O. Jumayev (Navoiy),  A. Rahimov (Andijon).

Nazoratchi – A. Arutyunov (Toshkent).

Komissar – M. Saidqosimov.

saytaka2345

Shu o‘rinda ushbu ikki jamoaning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak,  “Lokomotiv” shu paytga qadar “Navbahor”ga qarshi 26ta o‘yin o‘tkazgan.  O‘zaro o‘yinlarning 14tasida “temiryo‘lchilar” jamoasi zafar quchgan.  7ta bellashuvda esa namanganliklarning “qo‘li baland” kelgan.  Yana 5ta o‘yin esa durang bilan nihoyasiga yetgan.

“Loko” futbolchilari ushbu raqib darvozasini hozirgacha 47 marta ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lishgan.  Darvozamizdan esa 36 bor to‘p o‘tkazib yuborganmiz.

“Lokomotiv”ning “Navbahor” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 5: 0 hisobida tugagan bo‘lib,  ushbu bahs 2016 yilgi mavsum ikkinchi davrasida o‘tkazilgandi.

Yana bir diqqatga sazovor jihat shundan iboratki,  “Loko” “Navbahor”ga 2010 yil 25 sentyabridan buyon mag‘lub bo‘lmay kelmoqda.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 15:25, 16.03.2018.
O'qildi: 2524 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик