Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Namangan katta futbol bayrami arafasida. “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuviga 14 mingta chipta sotib bo‘lindi

Namangan katta futbol bayrami arafasida. “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuviga 14 mingta chipta sotib bo‘lindi

Baho:
+ | -

Namanganlik muxlislar bugun bo‘lib o‘tadigan “Navbahor” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni intiqlik bilan kutishayotganligi ayni haqiqat. Barchaga ma’lumki, O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi Superligadan o‘rin olgan uchrashuvlarni haqiqiy bayramga aylanishi uchun bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Aynan bu sa’yi-harakatlar samarasi o‘laroq stadionlarga yana  muxlislar qaytmoqda. Qolaversa, uchrashuvlarni murosasiz va keskin tarzda kechayotganligi ham ishqibozlarni xursand qilmoqda.

Xabaringiz bor, “Navbahor” futbol klubi ham Superliga o‘yinlariga o‘ziga xos tayyorgarlik bilan kirib keldi. Xususan, “Navbahor” futbol klubining taqdimot marosimi ham katta bayramga aylanib ketgandi. O‘tgan vaqt davomida Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda keng qo‘lamdagi ishlar olib borildi. Birinchi navbatda o‘yingoh O‘zbekiston professional futbol ligasi talablaridan kelib chiqqan holda jihozlandi.

Muxlislar uchun qulayliklar yaratish va ularning talabini qondirish maqsadida o‘yin paytida stadion atrofida 12ta savdo shahobchalari ishqibozlar xizmatida bo‘ladi. Shuningdek, klub atributikalari bilan savdo qiladigan do‘konchalar ham tashkil etilib, “Navbahor” ramzi tushirilgan, futbolka, polo, sharf va kepkalar sotilmoqda. Bundan tashqari, muxlislar uchrashuvni tomosha qilishga oilaviy tashrif buyurishlari uchun o‘yingohda oilaviy sektor ham tashkil etildi.

Oldinlari uchrashuvlar uchun chiqarilgan chiptalar faqat o‘yin kunlari sotuvga chiqarilardi. Bu yildan bu borada ham yangilikka qo‘l urildi. Ya’ni, uchrashuvga kirish chiptalari 14 martdan sotuvga chiqarildi. Chiptalar Namangan shahridagi uchta yirik bozor va o‘yingoh kassalarida sotildi. Shuni aytib o‘tish joizki o‘yin uchun chiqarilgan chiptalarning asosiy qismi bugungi kunga kelib sotib bo‘lindi.

Umumiy hisobda 14 mingga yaqin chipta muxlislar tomonidan xarid qilindi. Bu esa 17 mart kuni 21 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘diradigan “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga qiziqishni juda yuqori ekanligidan darak bermoqda. Bir so‘z bilan aytganda “Navbahor”  va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv tufayli Namanganda katta futbol bayrami nishonlanadi.

O‘yin boshlanishidan avval stadionga yig‘ilgan muxlislar uchun estradamiz yulduzlari chiqish qiladi. Jumladan, Namangandagi mavsumning ochilish uchrashuvida O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan stadionga keladigan muxlislar uchun sovg‘a sifatida estradamiz yulduzlari kuylaydi. 

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonovni “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvini tomosha qilish uchun Namanganga tashrif buyurishi ham namanganlik muxlislarning xursand qilmoqda.

Bugun muxlislarni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohga chorlab qolamiz. Bayram tadbirlari soat 18:00dan boshlanadi. O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv esa soat 20:00da start oladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 00:06, 17.03.2018.
O'qildi: 3698 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.