Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Stanislav Cherchesov: «Xokkeychilardan estafeta tayoqchasini kutyapman»

Stanislav Cherchesov: «Xokkeychilardan estafeta tayoqchasini kutyapman»

Baho:
+ | -

Qishki Olimpiada o‘yinlarining xokkey musobaqasi Rossiya termasining g‘alabasi bilan yakunlanganligi rossiyalik muxlislarga futbol terma jamosidan shunday g‘alabalarga umid qilish imkoniyatini berdi.

Mundial mezbonlarining bosh murabbiyi Braziliya va Fransiya terma jamoalari bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvlariga tayyorgarlik xususidagi suhbatda aynan shu fikr-mulohazani izhor etdi.

- Yaqinda rossiyalik xokkeychilar Pxyonchxandan Olimpiadaning oltin medallari bilan qaytib kelishdi. Xokkeychilarimizning Koreyadagi o‘yinlarini kuzatib bordingizmi?

- Albatta! Rossiya-Germaniya finalini aeroportga ketayotib, telefon orqali tomosha qildim.

- O‘yinchilar yoki murabbiylar shtabida tanishlaringiz bormi?

- Shaxsan hech kim bilan tanish emasman. Yo‘llarimiz juda kam kesishadi. Jamoani matbuot orqali tabrikladim.

- Siz va Oleg Znarokni Germaniya birlashtirib turadi. Ikkovingiz - siz futbolda, u esa xokkeyda mahalliy chempionatda ishtirok etgansizlar.

- Ehtimol, tabiatimiz Yevropada o‘ynashga mos tushgandir. Germaniyada til o‘rganganim hozir juda qo‘l kelmoqda.

- Xokkeychilar muvaffaqiyatidan keyin sizdan ham mo‘’jiza kutishlarini his etyapsizmi?

- Buni his etganim bois, xokkeychilardan estafeta tayoqchasini kutyapman. Futbolchilarimiz nimalarga qodirliklarini YELda namoyish etishmoqda. Ular bilan doimiy aloqadaman.

Sochida «Spartak» vakillari bilan uchrashdim, Noyshtedterni kuzatish uchun Istanbulga bordim. Axborotlarni jamlagach, yakuniy qarorni qabul qilamiz.

- Lekin jamoa Viktor Vasin va Georgiy Jikiyalardan foydalana olmaydi. Muammoni qanday hal qilmoqchisiz?

- Ularning asosiy vazifalari - tezroq sog‘ayish. Keyin maydonda sinab ko‘ramiz. Qolaversa, tayyorgarlik jarayonida har bir futbolchini boshqasining o‘rnini to‘ldira olishiga alohida ahamiyat berilmoqda.

- Muxlislar Ignashevich va aka-uka Berezuskiylarni qaytarishni iltimos qilishmoqda. Bu borada nima deya olasiz?

- Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Keling, biroz shoshmaylik.

- Messi va Ronaldu bilan yonma-yon qo‘yilayotgan Salohni qay tariqa zararsizlantirish mumkin?

- Raqibni o‘rganish jarayonida barcha jihatlarga e’tibor beramiz. Salohni Messiga o‘xshatgan edingiz. Biz o‘sha Argentina bilan kuch sinashdik. Tegishli xulosalarni chiqaramiz. Salohning o‘yinini kuzatish uchun Angliyaga borib keldim.

Murabbiy va jurnalistlar kuzatuvi o‘rtasidagi farqni bilasizmi? Sizlar qog‘oz va nomlarga qarab xulosa chiqarasizlar, biz esa futbolchining maydonda nima qila olishiga qarab.

- Tez orada Braziliya va Fransiyaga qarshi nazorat uchrashuvlari o‘tkaziladi. Terma jamoa oldida qanday vazifalar turibdi?

- Mundial tayyorgarligining so‘nggi bosqichiga yetib keldik. Birinchi galda Novogorskdagi bazamizga yo‘l olib, yangi muhitga moslashish kerak.

Bevosita uchrashuvlarga kelsak, Ispaniya bilan bo‘lgan o‘yindan yaxshiroq o‘ynashga harakat qilamiz. Muhimi, taraqqiyot sur’atini yanada jadallashtirish uchun «Krestovskiy» stadionidagiga qaraganda mazmunliroq to‘p surmoqchimiz.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:45, 17.03.2018.
O'qildi: 2105 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.