Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bahrom Haydarov: «Afsuski, muxlislarning ishonchini oqlay olamadik»

Bahrom Haydarov: «Afsuski, muxlislarning ishonchini oqlay olamadik»

Baho:
+ | -

“Neftchi” – “Bunyodkor” (0:1) bahsidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Neftchi” bosh murabbiyi Bahrom Haydarov va hujumchi Abdul Aziz Yusupovlar ishtirok etishdi.

-  Birinchi o‘rinda stadionga bizni qo‘llash maqsadida kelgan muxlislarga rahmat aytib qolaman. Afsuski, ularning ishonchini oqlay olamadik. O‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Hamma ishlar g‘alaba yo‘lida amalga oshirildi.

Uchinchi o‘yindirki, gol ura olmayotganimiz bizga pand bermoqda. Omad ham yetishmayapti deb o‘ylayman. Yigitlar ortda qolgan barcha bellashuvlarda bor kuchi bilan to‘p surishyapti. ”Bunyodkor”ga qarshi raqobat keskin kechdi.

Ikki jamoa ham g‘alaba ilinjida kurashdi. Toshkent klubi ayrim vaziyatlarda bizga nisbatan chaqqonroq bo‘lgani  raqibga qo‘l keldi. Ular imkoniyatlardan birini golga aylantirdi. Mavsum endi boshlandi. E’tiborimizni navbatdagi bahsga qaratamiz.

“Bunyodkorga”ga qarshi tayyorgarlikdan ham kuchliroq hozirlik ko‘ramiz. Ayni paytda oson o‘yin qolmadi. Hujumchilar borasida oqsayapmiz.

Asosiy hujumchilarimizdan biri Murod Bobojonovning jarohati bor. Shu sabab yarim himoyachilardan hujumchi sifatida foydalanyapmiz, - dedi Haydarov.

"Neftchi" klubi matbuot xizmati

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:11, 18.03.2018.
O'qildi: 3757 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.