Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Paxtakor» ham rekordchi

«Paxtakor» ham rekordchi

Baho:
+1 | -

So‘nggi paytlarda yangiliklar lentasida klublar va ayrim futbolchilarning natijalari haqida bot-bot yozishmoqda.

* «Atletiko» - oxirgi 42 yilda primeroning dastlabki 22 turida biror marta ham penalti tepmagan birinchi klub bo‘ldi.

* «Chelsi» 1995 yildan buyon ilk bor APLning qatorasiga ikkita o‘yinida yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

* Deulofeu oxirgi uch yilda ilk bor APL o‘yinlarida gol urdi.

* De Bryuyne Messini ortda qoldirdi va 2012 yildan buyon kuchli beshlik chempionatlarida eng ko‘p assistentlik qilgan futbolchiga aylandi.

Yaqinda bir jadval paydo bo‘ldi. Qaysi klub joriy mavsumda o‘rtacha qanchadan ochko olyapti...? Lekin bu ko‘rsatkich har turda yangilanib boradi. Ayrimlari esa o‘zgarishsiz qoladi. Bu borada «Paxtakor» alohida ajralib turadi.

Yaqingacha toshkentliklar Osiyo Chempionlar Ligasining muntazam ishtirokchisi edilar. Albatta, bu seriya qachondir yakuniga yetardi. Lekin mazkur holat statistika va muxlislar xotirasida qoladi...

Yana bir muhim ko‘rsatkich: bir klubning bir chempionatdagi g‘alabalar foizi. «Paxtakor» bu borada ham yaqingacha Yevropaning kuchli chempionatlari vakillari kabi yetakchilar qatorida edi. Yaxshisi, hammasini boshdan boshlasak.

O‘tgan asrning 70-yillarida Gollandiyaning «Ayaks» klubi Yoxan Kroyff bilan nafaqat o‘z yurtida, balki yevrokuboklarda ham mo‘’jiza yarata olgandi. 1971-1972 yillar mavsumida «Ayaks» Gollandiya chempionatida 34 o‘yindan 30tasida g‘alaba qozongan. Jamoa faqat bir marta mag‘lubiyatga uchragan.

Shu tariqa g‘alabalar foizi 88,23ni tashkil qilgan. Kelgusi mavsumda biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan amsterdamliklar o‘z natijalarini takrorlashgan. Ko‘p yillar davomida bu natijani takrorlaydigan jamoa topilmadi. Ammo bir qator mashhur klublar bunga yaqin kelishgan.

Misol uchun, «Barselona» 2012|2013 yillar mavsumida 38ta uchrashuvda 32 marta zafar quchib, g‘alabalar foizini 84,21ga tengladi. Keyingi mavsumda «Yuventus» Italiya «A» seriyasining 38ta o‘yinida 33 marta g‘alaba qozondi. Turinliklar 86,84 foiz natija qayd etib, rekordga yaqinlashib qolishgandi.

Lekin oradan yarim yil o‘tgach, uzoq davom etgan rekord yangilandi. Buni «Paxtakor» uddaladi. 2014 yili toshkentliklar 26ta o‘yinning 23tasida g‘alaba qozonishdi. Jamoa o‘sha yili oliy ligada mag‘lubiyatga uchramadi. G‘alabalar foizi esa 88,46ni tashkil qildi.

Biroq «Paxtakor»ning rekordi tezda zabt etildi. 2015|2016 yillar mavsumida Gresiyaning «Olimpiakos» klubi 30 o‘yinning 28tasida raqiblaridan ustun keldi va g‘alabalar foizini 93,33ga yetkazib qo‘ydi. «Paxtakor»ning natijasi esa hozirgi kunda uchinchi bo‘lib turibdi.

Chunki o‘tgan yili «Seltik» Shotlandiya chempionatini mag‘lubiyatsiz yakunladi va 38ta uchrashuvda 34 marta zafar quchdi. Shu tariqa g‘alabalar foizi 89,47ni tashkil qildi.

Mana shunday qiziq ko‘rsatkichlar. «Statistika barchasini biladi», degan gap bejiz aytilmagan. Lekin biz statistikani bilamizmi?

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:15, 20.03.2018.
O'qildi: 3701 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.