«Nasaf»ga ko‘z tegdimi, Doxadagi o‘yinning birinchi bo‘limidayoq mag‘lubiyatni tan oldi, go‘yo. Lekin yakuniy ikki turda g‘alaba qozonish imkoni bor. Demakki, Qarshi jamoasi va «Lokomotiv»ning nimchorak finalga chiqish imkoniyatini teng baholash mumkin.
«A» guruhi
* Yusuf al Arabi joriy turnir davomida 90-daqiqadan keyin urilgan 13-14-gollarga mualliflik qildi.
* «Lokomotiv» oxirgi 3ta o‘yinda yutqazgan bo‘lsada, klubning to‘plar nisbati hamon plyus ko‘rinishida.
«B» guruhi
* «Zob-Ohan» va «Al-Vahda» (Abu-Dabi) o‘rtasidagi bahslarda faqat mezbon tomon g‘alaba qozonmoqda. To‘g‘ri, bu jamoalar bungacha 2010 yilgi musobaqada to‘qnash kelgandi, xolos.
«C» guruhi
* 4133 tomoshabin kuzatgan va asosiy vaqtga 4 daqiqa qo‘shib berilgan «Al-Sadd» - «Nasaf» bahsida qarshilik futbolchilar to‘p nazorati bo‘yicha 51,7 foizlik ko‘rsatkich qayd etishdi. «Nasaf» vakillari xususan, 5 marta burchak to‘pi tepishdi, havodagi kurashlarning 35,7 foizida ustun kelishdi.
* «Al-Sadd» safida o‘ynayotgan jahon futboli yulduzi Xavi OCHLdagi 5-o‘yinida ilk golini nishonladi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, kataloniyalik faxriy yarim himoyachi yevrokuboklarda jami 170ta o‘yin o‘tkazib, o‘z nomiga 13ta gol yozib qo‘ygan.
* «Al-Sadd»ning o‘yindagi 4-golini urgan jazoirlik 28 yoshli vinger Jug‘urta Hamrun Qatar klubi safiga qo‘shilguniga qadar Fransiya, Bolgariya, Turkiya va Ruminiyada to‘p surgandi.
* «Al-Vasl» 32ta ishtirokchi orasida keyingi bosqichga chiqish imkoniya-tini butunlay boy bergan ilk jamoa bo‘ldi. Umuman olganda, bu jamoa OCHL-dagi oxirgi g‘alabasini 2008 yilning 7 may kuni Iroqning «Al-Quva Al-Javiya» klubiga qarshi safar o‘yinida qo‘lga kiritgandi - 2:1.
«D» guruhi
* «Istiqlol» - «Al-Ayn» o‘yinida muxlis to‘plash bo‘yicha nafaqat tur, balki butun mavsum rekordi (90000) qayd etildi. Avvalgi turda «Guanjou Ever-grand» - «Jeju Yunayted» bahsi (37693) eng ko‘p muxlis yiqqan uchrashuv bo‘lgandi.
«E» guruhi
* «Kitchi» nafaqat guruh bosqichidagi ilk golini nishonladi, balki g‘alabalari hisobini ham ochdi. O‘tgan mavsum Gonkong sharafini himoya qilgan «Istern» klubi guruh bosqichi uchrashuvlarida atigi 1 ochko olgandi.
«F» guruhi
* «Melburn Viktori»ning yagona goli muallifi - Kosta Barbaruzes OCHLdagi samarali zarbalari sonini 4taga yetkazib qo‘ydi. U Avstraliya jamoalari uchun gol urgan futbolchilarning umumiy reytingida 10-o‘rinda. Avstraliya klublari to‘purarlari ro‘yxatini Trevis Dodd («Adelaida Yunayted») boshqarib turibdi - 8ta gol.
«G» guruhi
* «Serezo Osaka» klubining koreyalik legioneri Yang Dong Xyung professional faoliyatidagi 99-golini nishonladi. U o‘tgan mavsum «Poxang Stilers» klubi safida to‘p surgan edi.
«H» guruhi
* «Sidney» OCHLda 24-o‘yinini o‘tkazib, 10-marta durang natijaga rozi bo‘ldi. Avstraliya klubi OCHLda oxirgi marta 2016 yilning 5 aprelida g‘alaba qozongandi («Poxang Stilers» - 1:0).
Hafta qahramoni. «Kitchi» klubining 11-raqamli hujumkor yarim himoyachisi Cheng Chin Lung. U 1998 yilning 1 iyulida Gonkongda tug‘ilgan. Bo‘yi - 169 sm. «Kitchi» klubi tarbiyalanuvchisi.
Bolaligida basketbolga jiddiy qiziqqan Cheng o‘z klubi akademiyasi tarbiyalanuvchilari orasida eng qisqa vaqtda professional shartnoma tuzishga erishgan futbolchi sanaladi. Hujumkor usulni xush ko‘ruvchi Chin Lung «Kashiva Reysol»ga qarshi bahsda yaponiyalik himoyachilarga aslo tinchlik bermadi.
To‘purarlar: 6ta - Yusuf al Arabi («Al-Duhayl»); 5ta - Rikardo Gou-lart («Guanjou Evergrand»), Bag‘dod Bunedjah («Al-Sadd»); 4ta - Oskar («Shanxay SIPG»), Mame Tiam («Istiqlol»), Mehdi Taremi («Al-Garafa»).
Hafta futbolchilari: 1-tur - Leroy Jorj («Melburn Viktori»), 2-tur - Oskar («Shanxay SIPG»), 3-tur - Rikardo Goulart («Guanjou Evergrand»), 4-tur - Cheng Chin Lung («Kitchi»).
Mintaqa va milliy chempionatlar bo‘yicha tahlil
Qatar va Xitoy futboli «Al-Duhayl» hamda «Shanxay SIPG» klublari misolida kvotalarni to‘liq oqlayapti. Tijorat nuqtai nazaridan BAA klublariga berilgan kvotalar esa hamon naf berayotgani yo‘q. 4-turdan so‘ng vakillari g‘alaba qozonmagan biror mamlakat qolgani yo‘q.
Oxirgi tur o‘yinlarida «G‘arb» mintaqasida 20ta, «Sharq»da esa 19ta gol qayd etildi. Ayni payt Yaponiya va O‘zbekiston klublari teng ko‘rsatkichga ega - yaponlar ham imkoni bor ochkolardan atigi 37,5 foizini qo‘lga kiritishdi.
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.