Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Superliga haqiqatan super boshlandi!

Superliga haqiqatan super boshlandi!

Baho:
+ | -

Milliy chempionatimizning 3-turidan so‘ng muxlislarni asosiy quvontirgan narsa bu — Superliga o‘yinlarining shiddatli va tomashabop bo‘layotgani desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Chunki, xalqimiz yana stadionlarga qaytmoqda.

O‘FA o‘z va’dasining ustidan chiqyapti. O‘yinlarning boshlanish vaqtiyu, dam olish kunlari o‘tkazilayotgani, “kelishilgan o‘yinlar”siz Superliga o‘z nomiga mos boshlandi. Mana oddiy misol: 3-turdan keyin jamoalar turnir jadvalida shunday bir-biriga yaqin joylashganki, 1 ochko ham uni tepaga ko‘tarishi mumkin. O‘yinlarning saviyasi ancha ko‘tarilgan. Hozircha hakamlarga ham ortiqcha e’tirozlar kuzatilmayapti. Agar shu tempda mavsum oxirigacha ketadigan bo‘lsa, Superliganing so‘nggi turlari haqiqiy shouga aylanib ketsa kerak. Amaldagi chempion bu mavsumda 7-o‘ringa tushib ketishini kim o‘ylapti deysiz.

Menimcha, agar shu ketish bo‘lsa, hali bizni oldinda ajoyib o‘yinlar, sensasiyalar, hattoki, biz kutmagan championlik ham bo‘lish ehtimoli bor. Faqat tashkilotchilarimiz shu yo‘lda rulni mahkam ushlab, tempni tushirib yuborishmasa bas. Yuqorida aytganimizdek, stadionlarga odamlar yana qaytgan. Chunki, endi avvalgiday o‘yining 70-daqiqasida o‘yin masalasi hal bo‘lib qolmayapti. Yoki hakamlar bir nimalar o‘ylab topishmayapti. Hammasi halol prinsiplar asosida ketmoqda. Kurashga qo‘shilgan 12 jamoaning hech biri shunchaki rasmiyatchilik uchun mavsumni o‘tkazmayapti. Hatto, bitta iste’foni ham ko‘rdik. Bundan ko‘rinib turibdiki, jamoalar iloji boricha maksimal natija qayd etish uchun bor imkoniyatlarini sarflashmoqda. 12 ta jamoali chempionat bir qarashda o‘zini oqlayotganday ko‘rinadi. Futbolimiz tepasiga kelgan yangi mutasaddilarning bu qarori avvaliga biroz norozilik uyg‘otganday bo‘lgan edi. Oxirida esa asta-sekin bu qaror o‘zini oqlamoqda. Shuni aytish joizki, ichki chempionatning kuchayishi avtomatik ravishda terma jamoamizni kuchayishiga olib keladi. Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Avstraliya singari grandlarning kuchli ichki chempionati ularning terma jamoalarida so‘zsiz aks etadi. Umid qilamizki, asta-sekinlik bilan bu chempionatlar qatoriga bizning Superligamiz ham qo‘shiladi. Yana qaytaraman: agar shu tempda ketsak, yaqin 5 yil ichida ancha yutuqlarga erishamiz.

Shu fursatdan foydalanib qadrli vatandoshlarimizga murojaat qilmoqchi edim. Keling, stadionlarga qaytaylik. Muxlislarning tashrifi qanday kuch ekanligini “Navbahor –Lokomotiv” o‘yinida ko‘rdik. Yurtimizning futbol rivoji uchun biz ham hissa qo‘shaylik. Stadionga borgan muxlis hech ham ketgan vaqtiga afsuslanmasa kerak, chunki bizni oldinda bir-biridan murosasiz o‘yinlar, qizg‘in kurash, bir so‘z bilan aytganda, Superliga kutib turibdi!

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:44, 20.03.2018.
O'qildi: 6396 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.