Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Viktor Kumikov: «Abdumalik Abdullayevga gol urishni o‘rgatamiz»

Viktor Kumikov: «Abdumalik Abdullayevga gol urishni o‘rgatamiz»

Baho:
+ | -

Superliganing 3-tur doirasidagi "Paxtakor" - AGMK (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Kumikov hamda himoyachi Abduqahhor Hojiakbarov ishtirok etdi.

- Uchrashuvni dastlabki daqiqalaridanoq o‘yinni yutqazib qo‘ydik. Bahsni juda bo‘sh va ishonchsiz boshladik. Jamoa "Paxtakor"dan cho‘chib maydonga tushdimi yoki bu tug‘ma qo‘rqoqlikmi, ochig‘i bilmadim. Umuman olganda o‘yin bobida biz raqibdan kuchsiz ko‘rinmadik.

Shunchaki bizning va "Paxtakor"ning o‘yin uslubi farq qiladi. Bellashuv davomida yetarlicha vaziyatlar yaratildi, ammo gol ura olmadik.

Futbolda ko‘proq yoki xavfliroq hujum tashkillashtirgan jamoa emas, balki ko‘proq gol urgan jamoa g‘alaba qozonadi. Agarda biz yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirganimizda, unda kamida mag‘lubiyatga uchramasdik.

- AGMK professional futbolchilardan tashkil topgan jamoa. Qanday qilib "Paxtakor"dan cho‘chib futbol o‘ynashi mumkin? Bu nima degan gap...

- Men ham bilmayman. Jarima maydonchamiz oldidagi sanoqsiz xatolarni boshqacha ta’rif bilan tushuntira olmayman. Gollar ham noaniq uzatmalardan keyin vujudga keldi. Men ham bu professional futbolchilar nega "Paxtakor" qarshisida qaltirab o‘ynashlarini tushunmayapman. Mana oldimda o‘tirgan Abduqahhor Xojiakbarovdan so‘rang buni.

- Abdumalik Abdullayev o‘yin oxirida jamoaga 1 ochko olib kelishi mumkin bo‘lgan golni urolmadi. Bu hujumchi avvalgi jamoalarida ham aynan shu kabi qulay vaziyatlarni ko‘kka sovurishi bilan tanilgandi. Ushbu futbolchini jamoaga olib kelishdan oldin uni yaxshi o‘rgangan edizmi?

- Birinchidan Abdumalik Abdullayev asosiy tarkib futbolchisi emas. U zaxira hujumchimiz. Agarda uchrashuv so‘nggida hujumchi gol urib, bizga muhim 1 ochkoni olib kelganida hozir umuman boshqacha gapirayotgan bo‘lardingiz. Ha, unda kamchiliklar bor. Biz mashg‘ulotlarda aynan shu kamchilik va xatolar ustida ishlayapmiz.

Bir narsani to‘g‘ri tushuning, bizda moliyaviy imkoniyatlar u qadar katta emas. Biz jamoaga o‘zimiz istagan futbolchilarni jalb eta olmaymiz. Abdumalik Abdullayevga mashg‘ulotlarda gol urishni o‘rgatamiz. Boshqa chora yo‘q. Chunki biz top klub emas. Jamoadagi futbolchilarni maoshlari ham yuqori emas. Shu boisdan ham chempionatdagi eng yaxshi futbolchilar bizni emas, kuchliroq jamoalarni tanlashni ma’qul ko‘rishadi.

Uchrashuvda AGMKning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan himoyachi Abduqahhor Xojiakbarov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 - Ko‘plab tomoshabinlar qarshisida yaxshi futbol guvohiga aylandik. Himoyada yo‘l qo‘yilgan ikkita xato yakunda bizga qimmatga tushdi. Hujumda esa vaziyatlar bo‘ldi, ammo gol ura olmadik. Keyingi bahslarda muxlislarimiz va murabbiylarimizni xursand qilishga harakat qilamiz, - dedi AGMK qanot himoyachisi Abduqahhor Xojiakbarov. 

Manba: www.fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 01:46, 21.03.2018.
O'qildi: 3003 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.