Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

Muhammad Saloh - Misrda birinchi inson

Muhammad Saloh - Misrda birinchi inson

Baho:
+2 | -

"Liverpul" yarimhimoyachisi Muhammad Saloh JCH-2018 oldidan Vodafone'ning Misr bo‘limi yuzi bo‘ldi.

Shartnoma dekabr oyida tuzildi. Buning uchun futbolchi Misrga borishi shart bo‘lmadi - "Liverpul" uni mashg‘ulotlardan qizg‘andi. Vodafone'ning Misr bo‘limi xodimlari Liverpulga keldilar.

Kompaniya Salohning bitta goli uchun har bir abonentiga 11 daqiqadan qo‘shimcha vaqt berishni va’da qildi (11 - futbolchining raqami). Buning uchun mijozlar Mo Salah World tarifiga ulanishlari kerak. Mart oyi o‘rtalarigacha Saloh 39 ta gol urdi.

Salohning gonarari noma’lum, ammo u faqat Vodafone'dan pul olmaydi. Bu mavsumda Uber bilan ham shartnoma imzolagan. Uch yildan buyon Pepsi'ning rasmiy shaxsi hisoblanadi.

Misr Vodafone'ni uchun Saloh – ideal qahramon. U hozir Misrda birinchi inson. "Liverpul" o‘yinlari kuni Qohirada qatnovlar to‘xtab qoladi, har bir shaharda 11-raqamli futbolka kiyganlarni uchratish mumkin. Uni vatanini unutmagani uchun ham sevadilar.

• Dekabrda misr funti inqiroz yoqasida edi. Valyuta kursini muvofiqlashtirish uchun Misr hukumatiga pul kerak bo‘ldi. Saloh tezlik bilan 210 ming angliya funtini o‘tkazib berdi.

• Saloh Basyun shahri shifoxonasini jihozlash uchun 12 mln misr funti (555 ming yevro) hadya qildi. Uning yordamida jonlantirish, tug‘uriq bo‘limlari va tez yordam bo‘limlari ta’mirdan chiqarildi.

• Saloh jonajon qishlog‘i Nagigda maktab qurdi.

• JCH-2018 yo‘llanmasi qo‘lga kiritilganidan so‘ng misrlik tadbirkor Mamduh Abbos futbolchiga villa sovg‘a qildi Saloh buni Nagrig qishlog‘i rivoji uchun sarflashni so‘radi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:13, 21.03.2018.
O'qildi: 6709 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик