Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

JCH-2018 stadioni qurilishida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

JCH-2018 stadioni qurilishida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Baho:
+ | -

JCH-2018 o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan «Samara-Arena» stadionida ishlagan O‘zbekiston fuqarosi katta balandlikdan qulagani tufayli vafot etdi. Qurilish pudratchisining ma’lum qilishicha, yigit qurilishda emas, balki yotoqxonada yiqilib tushgan.

Semashko nomidagi kasalxona shifokorlari bir haftadan ortiq vaqt davomida 25 yoshli o‘zbekistonlikning hayoti uchun kurashishdi. U 12 mart kuni «Samara-Arena» stadionidan bosh va qovurg‘alar jarohati bilan olib kelingan. O‘zbekiston fuqarosi 20 mart kuni hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «Komsomolskaya Pravda-Samara» o‘z manbasiga asosan xabar bermoqda.

Jarohatlar erkak katta balandlikdan qulaganidan darak beradi. Biroq, u aynan qayerda, qaysi balandlikdan qulagani aniqlanmadi, deb xabar bergan nashr.

Stadion qurilishi pudratchisi «Qozon» kompaniyasining bildirishicha, ishchi stadionda emas, balki yotoqxonada jarohat olgan. Aynan qayerda ekaniga oydinlik kiritilmadi.

«Haqiqatdan ham, bu yosh yigit stadion qurilishida ishlardi. Biroq 12 martda unda dam olish kuni edi. U stadionda emas, balki yotoqxonada yiqilgan va kasalxonaga olib ketilgan. Afsuski, jabrlanuvchi kecha vafot etdi. Uning oilasiga yordam ko‘rsatiladi», - deya aytib o‘tishgan «Qozon» kompaniyasidan nashrga.

Ayni damda ushbu holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda, sud-tibbiy tadqiqot tayinlandi, u voqeaga oydinlik kiritishi kerak.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 17:35, 22.03.2018.
O'qildi: 10887 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.