Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Ayollar futboli va futzal mavsumi: “Metallurg”da tayyorgarlik avjida

Ayollar futboli va futzal mavsumi: “Metallurg”da tayyorgarlik avjida

Baho:
+ | -

Ancha shov-shuvga sabab bo‘lgan Superliga mavsumi boshlanganiga ham salkam bir oy bo‘lmoqda.

Dastlabki uch tur musobaqa qonun-qoidasiga keskin o‘zgartirishlar kiritilganligi, musobaqa Reglamenti yangicha talqin qilinganligi bejiz emasligini isbotladi. Futbolimizning yanada rivoj topa boshlaganligini  jamoalar soni qisqargach chinakam raqobat yuzaga kelganligidan, futbolchilarda g‘alabaga bo‘lgan shijoat yanada ortganligidan, klublar Professionallik sari qog‘ozda emas, amalda intilayotganligidan, stadionlarga muxlislar majburlikdan emas, ixtiyoriy ravishda shoshayotganligidan payqash mumkin bo‘lmoqda.

Superliga katta yo‘lga chiqib oldi, navbat Pro-liga, ayollar futboli va futzal musobaqalariga kelmoqda. Demak, bu yo‘nalishda ham ma’lumotlar berish payti keldi. Mavzuni “Metallurg” klubi bilan boshlaymiz.

Ayollar futboli bo‘yicha:

Jamoaning rasmiy nomi - “Metallurg-woman”. 2013 yilda tashkil topgan. Jamoa mashg‘ulotlar o‘tkazish, yashash va ovqatlanish uchun baza siftida  Bekoboddagi “Metallurg” stadionidan foydalanadi. Buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Uy uchrashuvlarini A.Anoxin nomidagi hamda “Metallurg” stadionlarida o‘tkazadi. Futbolchilar barcha kerakli jihozlar, sport kiyimlari bilan ta’minlangan. Jamoa foydalanishi uchun O‘zmetkombinat tomonidan “Isuzi” avtobusi biriktirilgan.

Jamoa bosh murabbiyi Avaz Maksumov. Darvozabonlar murabbiyi Ilhom Xamzaliyev. Jamoa boshlig‘i Ravshan Xoliqov.

“Metallurg” qizlarining yangi mavsumdagi niyat va maqsadlari – faqat chempionlik va O‘zbekiston Kubogi sohibi bo‘lish.

Futzal bo‘yicha:

Jamoaning rasmiy nomi “Metallurg”. 2016 yilda tashkil topgan. Barcha sharoitlarga ega bo‘lgan “Metallurg” futbol klubi bazasidan foydalanadi.

Superligada raqiblarini Bekobod shahridagi “Yoshlik” sport zalida qabul qiladi. Futbolchilar barcha kerakli jihozlar va sport kiyimlari  bilan ta’minlangan. Jamoaga O‘zmetkombinat tomonidan mikroavtobus biriktirilgan.

Jamoa bosh murabbiyi mamlakat terma jamoasida uzoq yillar to‘p surgan Nikolay Odushev. Futzal klubi sport direktori Sergey Kurochkin,  texnik direktori Jo‘ra Shoymardonov, katta murabbiy Roman Sokolovskiy. Jamoaning bu yilgi maqsadi kuchli oltilikka kirish.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:29, 22.03.2018.
O'qildi: 2388 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик