Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

PFL nima uchun AGMK - «Lokomotiv» uchrashuvini qoldirgani aniq bo‘ldi

PFL nima uchun AGMK - «Lokomotiv» uchrashuvini qoldirgani aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23 mart kuni Senegalga qarshi,  27 mart kuni esa Marokashga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi.  

Bosh jamoamiz murabbiylar shtabi mazkur o‘yinlarga “Lokomotiv” jamoasidan 8 nafar futbolchini jalb etgan. Musobaqa o‘tkazish Reglamentida belgilanganidek, klubning uch va undan ortiq futbolchilari terma jamoalarga chaqirilgan taqdirda chempionat uchrashuvini boshqa muddatga ko‘chirish imkoniyatiga ega ekanligidan kelib chiqib,  "Lokomotiv" PFK PFLga 4-tur doirasidan o‘rin olgan AGMK - "Lokomotiv" uchrashuvini qoldirish bo‘yicha murojaat qildi.

Mazkur o‘yin taqvim bo‘yicha 29 mart kuni Olmaliqda o‘tkazilishi lozim edi. Biroq "Lokomotiv" jamoasining bir qator asosiy futbolchilari terma jamoa safida 27 mart kuni maydonga tushishi boisdan 2 kun o‘tib AGMK bilan o‘yinda "Lokomotiv" to‘liq asosiy tarkibini maydonga tushira olish imkoniyati kam ekanini va "temiryo‘lchilar" 3 aprel sanasida OCHL guruh baxslarida safarda o‘ynashini inobatga olgan holda PFL ushbu uchrashuvni qoldirishga rozilik bildirdi.

Taqvim juda tig‘iz ekani va o‘yinlarning yaqin sanalar ichida o‘tkazilayotgani sababdan PFL ushbu qoldirilgan o‘yinning o‘tkazilish muddatini chuqur tahlil etib, keyin o‘yin sanasiga aniqlik kiritadigan bo‘ldi.

Shu o‘rinda yurtimizdagi ba’zi OAVlar mazkur holatni noto‘g‘ri talqin qilib, muxlislar o‘rtasida turli tushunmovchiliklarni yuzaga keltirayotganini ta’kidlab o‘tish kerak. Futbolimizda islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotgan bir paytda yurtimizdagi OAV xodimlarini bir maqsad – futbol rivoji yo‘lida birlashishga va bu borada o‘z kuch va imkoniyatlarini islohotlarga hissa qo‘shishga sarflashga chaqirib qolgan bo‘lardik.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 22:17, 22.03.2018.
O'qildi: 3961 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.