«Lion» klubi yarim himoyachisi Nabil Fekir yozgi transfer mavsumida Yevropa top klublaridan biriga o‘tishi mumkin. Bu haqda uning agenti Jan-Pyer Berne aytib o‘tdi.
«Agar mavsum oxirigacha qaror qabul qilish kerak bo‘lganida biz hozir jamoa prezidentining yonida o‘tirgan bo‘lardik. «Lion» klubiga yuksak hurmat bilan qaraymiz, Nabil Fransiyaning eng katta klublaridan birida to‘p suradi.
Yaxshi bilasiz, ma’lum bir holatlarda biz klubdan muzokara o‘tkazish uchun ruxsat so‘rashimiz mumkin. Nima bo‘lgan taqdirda ham, qaror barcha tomonni qanoatlantirgan taqdirdagina qabul qilinadi.
Nabilning maqsadi Yevropaning kuchli 10 klubidan biriga o‘tish», — deydi Berne.