Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Ravshan Haydarov: "Hal qiluvchi o‘yinchilarmiz yetishmadi, ammo bu bahona emas"

Ravshan Haydarov: "Hal qiluvchi o‘yinchilarmiz yetishmadi, ammo bu bahona emas"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston - Keniya uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida olimpiyachilarimiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov savollarga javob berdi.

- O‘yin bo‘yicha gapirsak, o‘yin juda katta qiziqish bilan yondoshdik. Juda kuchli, baquvvat o‘yinchilarga ega bo‘lgan jamoaga mag‘lub bo‘ldik. Avvalom bor biz maydonga muxlislarni xursand qilish uchun tushgandik. Ko‘p hujum qilgan bo‘lsakda, yaratilgan ko‘plab vaziyatlardan foydalan olmadik. Himoyadagi palapartishlik sababli ikkita gol o‘tkazib yubordik.

Bu tarkib har qalay, yangi shakllanayotgan tarkib, ochig‘ini aytish kerak hal qiluvchi o‘yinchilarimiz yo‘qligi bilindi. Ammo bu bahona bo‘lolmaydi. Bolalar bor kuchlarini berib o‘ynaganlariga qaramay, o‘yin sifati o‘ylaganimizdek chiqmadi. Bunga ma’lum sabablar bor, avvalo raqib. Keniya qarshi hujumda yaxshi o‘ynadi, Afrika jamolariga xos bo‘lmagan puxta shakllangan jamoa ekan, ko‘rdingiz. Mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘rayman. Bu biz uchun saboq bo‘ldi. Bu mag‘lubiyatdan foydali xulosalar chiqaramiz.

- Futbolchilarimiz raqibga yetarli baho bermadi, degan fikrga qanday qaraysiz?

- Yo‘q, bu fikrga qo‘shilmayman, bizda Afrika jamoasiga qarshi qanday o‘ynash tasavvuri bor edi. Keniyaning yaxshi shakllangan jamoa ekanini bilar edik.

Stadiondagi muhit ajoyib bo‘ldi. Yutqazgan bo‘lsakda, muxlislar qiziqarli o‘yinga guvoh bo‘lishdi. Afrika jamoasi biz uchun yangilik, o‘rganib qolgan qandaydir arab jamoalari emas, Afrika jamoa bilan o‘yin tashkillashtirib bergani uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga rahmat. Bu o‘yinlar biz uchun juda foydali bo‘ldi.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:13, 23.03.2018.
O'qildi: 6202 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.