Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Kimanzi: "Osiyo chempioni bilan o‘ynash biz uchun sharaf bo‘ldi"

Kimanzi: "Osiyo chempioni bilan o‘ynash biz uchun sharaf bo‘ldi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston va Keniya olimpiya terma jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yindan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Frensis Kimanzi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Osiyo chempionlariga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkazdik. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining ikkinchi qavatdagi o‘yini menga ma’qul bo‘ldi. Raqib jamoa safidagi har bir futbolchida kurash olib borishga kuchli ishtiyoq borligiga ahamiyat qaratdim. Bahs har ikkala jamoa uchun foydali bo‘ldi, deb o‘ylayman. O‘zbekiston yaxshi shakllangani ko‘zga tashlandi, jamoa bejiz qit’a chempionligini qo‘lga kiritmagan. Yana bir narsani ta’kidlashni istardim, raqib o‘yinchilari juda yosh va ularning kelajagi porloq.

- Jamoangiz birinchi bo‘limda ikkita gol urdi, buni kutganmidingiz?

- Buni albatta rejalashtirgandik deya olmayman, bu jamoani oldindan yaxshi o‘rgangan edik. Chempionlarga qarshi yaxshi ma’lumotlar yiqqan edik. Yana aytishim mumkinki, qanotlarda vingerlarmiz uchun bo‘sh hududlar ochib berishdi bu bizga qulaylik tug‘dirdi. Umuman olganda Osiyo chempioniga qarshi o‘ynash biz uchun sharaf bo‘ldi.

- O‘yinni boshqargan mahalliy hakamlarning ishiga munosabatingiz?

- Men ekspertmasman, buning ustiga hakamlar haqida gapirishni yoqtirmayman bu mening ishim emas. Hamma murabbiylar kabi hakamlar qarori bizning foydasiga bo‘lishini istayman. O‘yin tezkor bo‘ldi, bunday o‘yinlarda hakamlarga oson bo‘lmaydi Shuning uchun ularning ishiga yaxshi baho beraman.

- Darvozaboningizni o‘zini tutishi haqida, u rasmiy o‘yinlarda ham shunday ishlar qiladimi yoki o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lgani uchun o‘zini shunday tutdimi?

- Bu darvozabon bizda o‘zi tengilarning eng kuchlisi. U yaxshi driblingga ham ega, uning o‘yinlari bizga yoqqani uchun uni darvozaga qo‘yamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:34, 23.03.2018.
O'qildi: 6461 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.