Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘FAda futbol maktab-internatlari direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘FAda futbol maktab-internatlari direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida yurtimizdagi futbol maktab-internatlari direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, shu yilning 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

Qarorda belgilangan vazifalardan biri joylarda yosh iqtidorli va salohiyatli futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) va ularni professional tarzda tayyorlash hamda milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshida Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasini tashkil etishdan iborat.

Shundan kelib chiqqan holda, bugungi yig‘ilish davomida zamonaviy talablarga javob beradigan futbol akademiyalari infratuzilmasi va tarkibiy tuzilishi qay ko‘rinishda bo‘lishi kerakligi haqida yig‘ilganlarga taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, akademiyada o‘qitish tizimi, mashg‘ulotlar o‘tkazish tartibi, har bir futbolchi bilan individual ishlash jarayonida innovasion texnologiyalardan foydalanish masalalari xususida batafsil tushuntirish berib o‘tildi.

O‘z o‘rnida yurtimizdagi futbol maktab-internatlari direktorlari akademiyalarni tashkil etishda ahamiyat qaratish kerak bo‘lgan jihatlar borasida o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:28, 24.03.2018.
O'qildi: 2163 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.