Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Metallurg» nazorat uchrashuvida «Paxtakor» yoshlarini mag‘lubiyatga uchratdi

«Metallurg» nazorat uchrashuvida «Paxtakor» yoshlarini mag‘lubiyatga uchratdi

Baho:
+ | -

Superliga musobaqasida O‘zbekiston terma jamoalarining o‘rtoqlik uchrashuvlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusdan “Metallurg” jamoasi murabbiylari unumli foydalanib, bugun Qibraydagi o‘quv-mashg‘ulort maskanida nazorat uchrashuvini o‘tkazishdi.

Raqib “Paxtakor” jamoasi yoshlar tarkibi bo‘ldi va o‘yinda bekobodliklar yirik hisobda g‘alaba qozonishdi. “Metallurg”ning tajribali o‘yinchilari tomonidan kiritilgan to‘rtta golga yosh paxtakorchilar javob qaytarisha olmadi – 4:0. Gollarning uchtasi birinchi taymda, bittasi esa ikkinchi bo‘limda kiritildi.

O‘yinda Superliga vakillari yirik hisobda g‘alaba nashidasini surishgan bo‘lishsa-da, yosh paxtakorchilarning hatti harakati ham muxlis-u mutaxassislarga manzur bo‘ldi. Bekobodliklarning himoya chizig‘i hamda darvozaboni ishonchli o‘ynamanida yosh “sherlar” o‘zlari uchun ancha ijobiy natijani qayd etishlari ehtimoli ham yo‘q emasdi.

“Metallurg” – “Paxtakor” (YOshlar) – 4:0.

Gollar: Islom Isokjonov (2), Jasur Hasanov (9), Pavel Purishkin (17), Zohid Abdullayev (58).

“Metallurg”: Javohir Ilyosov, Abror Xusinov, Sherzod Fayziyev, Akbar Ismatullayev, Dilyorbek Irmatov, Muhammad Isayev, Jamshid Yusupov, Shahzod Shaymanov, Jasur Hasanov, Islom Isoqjonov, Pavel Purishkin.

Ikkinchi taymda maydonga tushganlar: Zohid Abdullayev, Javohir Sohibov, Zafar To‘rayev, Pavel Smolyachenko, Abror Toshqo‘ziyev, Saidjamol Davlatjonov, Andrey Shipilov, Xudoyshukur Sattorov, Muhammadjon Sultonov.

Manba: www.metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 15:52, 25.03.2018.
O'qildi: 2802 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик