Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Mashhur murabbiylardan biri itga qiyoslandi

Mashhur murabbiylardan biri itga qiyoslandi

Baho:
+ | -

Mashhur futbol agentlaridan biri Mino Rayola “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani keskin tanqid ostiga oldi.

“Ha, Gvardiola ajoyib va kuchli mutaxassis bo‘lishi mumkin, ammo uning oddiy inson sifatidagi harakatlari “nol”ga teng. Pep shunchaki qo‘rqoq va it odamlardan biri.

U o‘zini xuddi klassik ruhoniylardek tutadi: “Nima aytgan bo‘lsam shuni bajaringlar, lekin men qilayotganlarimni takrorlamanglar”.

Agar Gvardiola bu mavsum “Manchester Siti” bilan Yevropa chempionlar ligasida g‘olib chiqa olsa, u murabbiy sifatida qolganlardan ustunligini ta’kidlaydi. Lekin men undan nafratlanishda davom etaman.

Gvardiola “Barselona”da ishlagan vaqtlari Zlatanga katta ishonch bildirgan. Ammo keyinchalik noma’lum sabablarga ko‘ra, uning murojaatlarini e’tiborsiz qoldira boshlagan.

Hattoki Zlatan bilan shunchaki so‘rashishni ham kanda qilib qo‘ygan. Shuningdek, Gvardiola bu ishini Maksvell bilan ham takrorlagan, Maks esa juda ham yaxshi va namunali yigit hisoblanadi.

Shuning uchun, men Zlatanga o‘z Ferrari’sini Xosepning mashinasi o‘rniga qo‘yishni maslahat berganman. Albatta, Ibra mening so‘zlarimni yerda qoldirmagan”, dedi Rayola.

Ma’lumot uchun, Mino Rayola “Manchester Yunayted” klubini tark etib, AQSHning “Los Anjeles” klubiga o‘tgan Zlatan Ibragimovichning agenti hisoblanadi.

Zlatan 2009-2011 yil mavsumida Gvardiola qo‘l ostida Kataloniyaning “Barselona” klubida faoliyat olib borgan.

Gvardiola esa “Manchester Siti” bilan Angliya premyer-ligasida peshqadam bo‘lib turibdi.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 20:07, 25.03.2018.
O'qildi: 4273 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.