Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Umid Ahmadjonov: "Sport maktablarida ota-onalardan pul yig‘ish masalasi bizning eng og‘riqli nuqtalarimizdan biridir, bu tizimni o‘zgartirishimiz kerak"

Umid Ahmadjonov: "Sport maktablarida ota-onalardan pul yig‘ish masalasi bizning eng og‘riqli nuqtalarimizdan biridir, bu tizimni o‘zgartirishimiz kerak"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 28 mart kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sportga oid farmon va qarori ijrosini jadallashtirish, samarali va sifatli ishlashi uchun amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish borasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov, vazirning birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov, MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov, shuningdek, MOQ va vazirlik tizimidagi mutasaddi xodimlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda farmon yuzasidan boshlab yuborilgan ishlar, uning samarali ijrosini ta’minlash yo‘lida ko‘plab masalalar muhokama qilindi.

Bugungi kunda sportning ko‘pgina turlarida O‘zbekiston terma jamoalari uchun xorijdan kuchli mutaxassislarni jalb qilish borasida ish boshlab yuborilgan. Jumladan, Umid Ahmadjonov topshirig‘iga binoan sportning eshkak eshish, yengil atletika, velosport, badiiy gimnastika, dzyudo, karate, og‘ir atletika, qilichbozlik, suzish, o‘q otish, taekvondo hamda tennis turlarida kuchli mutaxassislar nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.

Xabaringiz bor, bu yil sportchilarimiz Jakartadagi Osiyo o‘yinlarida, shuningdek, Buenos-Ayres shahrida bo‘lib o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadilar. Mazkur katta sport musobaqalariga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida MOQ va vazirlik xodimlari ishtirokida ikkita maxsus komissiya tashkil qilindi. Komissiya mazkur sport musobaqalarida ishtirok etadigan sportchilarimizni musobaqaga tayyorlaydi. Aniqroq, aytadigan bo‘lsak, ularni o‘yinlardagi ishtirokini tashkiliy tomonlama ta’minlab beradi, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va sportchilarning kun tartibini nazorat qiladi.

MOQ rahbari Olimpiya zaxiralari kollejlari hamda bolalar va o‘smirlar sport maktablarini inventarlar bilan ta’minlash jarayoni to‘g‘ri, ehtiyojdan kelib chiqqan holda taqsimlanishi lozimligini qayd etdi. Shuningdek, sharq yakkakurashlari bo‘yicha federasiya va assosiasiyalar, to‘garaklar faoliyatini tahlil qilish, ishtirok etayotgan musobaqalari, moliyaviy holatlarni nazorat qilish shartligi ta’kidlab o‘tildi.

Bundan buyon Olimpiya zaxiralari kollejlarida o‘quvchilarni ovqat bilan ta’minlash, har bir sport turiga alohida rasion belgilash masalasida boshqacha tizimda ish ko‘rib chiqilishi yig‘ilishda ma’lum qilindi. Bungacha bu borada olib borilgan tizim o‘zini oqlamagani ham yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qayd etildi.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov bolalar va o‘smirlar sport maktablarida yosh sportchilarning ota-onalaridan pul yig‘ib olish holatlari haqida ham gapirdi.

"Davlat bolalar va o‘smirlar sport maktablarida faoliyat olib borayotgan murabbiylarning maoshi uchun milliardlab pul ajratadi. Ular esa maoshdan tashqari yosh sportchilarning ota-onalaridan ham pul oladilar. Ushbu holat o‘z navbatida noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Bu borada aniq tizim ishlab chiqishimiz kerak. Bu bizning eng og‘riqli nuqtalarimizdan biridir", - dedi MOQ Prezidenti.

Yig‘ilish davomida bolalar va o‘smirlar sport maktablari tizimini ham qayta ko‘rib chiqish shart ekanligi aytildi.

"BO‘SMlardagi ish tizimini yo‘lga qo‘yib olishimiz shart. Masalan, bir futbol internati bor. U yerda futbol maydonining holatini nazorat qilish uchun javobgar xodim yo‘q. Ammo, u yerda maosh oladigan 50 nafarga yaqin murabbiy bor. Biz songa emas, sifatga e’tibor qaratishimiz lozim. Sport maktablari o‘rtasida o‘zaro musobaqalarni ko‘paytirishimiz lozim. Ular o‘rtasida raqobatni kuchaytiraylik. Ana shunda rivojlanish bo‘ladi. Poydevorni mustahkam qo‘yib olmasak, 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ham ishonch bilan ishtirok eta olmasligimiz mumkin.

Biz tatbiq etishni istayotgan tizimga asosan umumta’lim maktablari IBO‘SM va BO‘SMlarga, ular esa o‘z navbatida Olimpiya zaxira kollejlariga iqtidorli sportchilarni tayyorlab berishlari kerak", - dedi Umid Ahmadjonov.

Davlatimiz rahbarining sportga oid farmonida Toshkent shahrida sport kiyimi, anjomlari va jihozlarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalar faoliyatini tashkil etish uchun “Sport” erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilish bandi ham bor. Ushbu bandga asosan bugungi kunda yirik xorijiy kompaniyalar va investorlarni jalb qilish, shuningdek, mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlik qilish borasida ish boshlab yuborilgani qayd etib o‘tildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:37, 28.03.2018.
O'qildi: 2352 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.