Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Yoshlar ligasi. “Nasaf” o‘z maydonida “Metallurg” bilan durang o‘ynadi

Yoshlar ligasi. “Nasaf” o‘z maydonida “Metallurg” bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Bugun “Nasaf” yoshlari Bekobodning “Metallurg” jamoasi yoshlari bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.

Uchrashuvda dastlab “Metallurg” jamoasi hisobda oldinga o‘tib oldi. 33-daqiqada himoyachimiz Jo‘rabek Mannonov Pavel Purishkinni jarima maydonchamizda to‘xtatib qoldi. Hakam mehmonlarga 11 metrlik jarima to‘pi tepishni ko‘rsatdi va Mannonovni sariq kartochka bilan “siyladi”. Penaltini Jamshid Yusupov bexato amalga oshirdi – 0:1.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi yakunlanib borayotganda, ketma-ket tashkil etgan hujumlarimizning navbatdagisi o‘z samarasini berdi. “Metallurg” jamoasi yoshlarining himoyada tartibsiz harakatidan Samandar Shukrullayev unumli foydalandi va hisobni tenglashtirdi – 1:1. Birinchi bo‘lim ana shu hisobda yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘limda yoshlarimiz ancha faol o‘ynashdi. Bu orqali ko‘plab golli vaziyatlarga ega ham bo‘lishdi. Ammo gol urishda hech bir futbolchimizga omad yetishmadi.

Shunday qilib, bugungi uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan nihoyasiga yetdi.

Navbatdagi tur uchrashuvini jamoamiz 6 aprel kuni safarda “Navbahor” yoshlariga qarshi o‘tkazishadi.

Yoshlar ligasi, 4-tur

“Nasaf” (Qarshi) – “Metallurg” (Bekobod) 1:1

29.03.2018. “Geolog” stadioni. 16:30da

Hakamlar: Dmitriy Klepikov (Toshkent), Artyom Kalinin (Qarshi), Ashur Doniyorov (Qarshi), Ravshan Abduvohidov (Qarshi)

Nazoratchi: Radik Serazetdinov (Toshkent)

Uchrashuv komissari: Sardor Qudratullayev.

Gollar: Samandar Shukrullayev, 41’-1:1 – Jamshid Yusupov (pen.), 34’-0:1

“Nasaf”: 65.Mashhurjon Muhammadjonov (1.Umidjon Ergashev 46), 4.Jo‘rabek Mannonov (s), 7.Xudoyorxon Sag‘dullayev (17.Muhriddin Zoirov 57), 9.SHerzod Temirov, 14.Akmal Mozgovoy, 15.SHerzod Nasrullayev, 16.Navro‘z Izatillayev, 19.Dadajon Mamatqulov (20.Jahongir Qurbonboyev 46), 28.Sardor Sadullayev (22.Ma’ruf Jumayev 46), 32.G‘olib G‘aybullayev, 34.Samandar Shukrullayev (38.Temur Komiljonov 71).

Zaxira:  35.Alijon Axmatov, 43.Otabek Komiljonov.

“Metallurg”: 25.Timurbek To‘ychiyev, 4.Andrey Shipilov, 7.Jamshid Yusupov (s) (21.Husniddin Saloydinov 84), 8.Abdulboriy Olimov, 9.Saidjamol Davlatjonov (2.Farrux Siddiqov 46), 10.Doniyor Hoshimov (19.Baxromjon Soatov 70), 13.Abdulloh Islomov, 14.Abror Toshqo‘ziyev, 17.Sarvar Sattorov. 18.Pavel Purishkin (11.Muhammadjon Sultonov 46), 20.Xudoyshukur Sattorov.

Zaxira: 35.Akobir Qayumov, 5.Timur Mamatmurodov,  22.Asosmiddin Abdurahmonov.

Ogohlantirish: Jo‘rabek Mannonov (33) – Jamshid Yusupov (82), Andrey Shipilov (86).

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 19:12, 29.03.2018.
O'qildi: 2263 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.