Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

“So‘g‘diyona” – “Qizilqum” jamoalari uchrashuvini salkam o‘n ming muxlis stadiondan kuzatmoqda

“So‘g‘diyona” – “Qizilqum” jamoalari uchrashuvini salkam o‘n ming muxlis stadiondan kuzatmoqda

Baho:
+ | -

Ayni paytda Jizzaxda davom etayotgan Superliganing 4-tur doirasidagi “So‘g‘diyona” va “Qizilqum” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni 11 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadionda o‘n minga yaqin (9380) muxlis bevosita stadionning o‘zida tomosha qilmoqda.

Uch tur yakuniga ko‘ra muxlislarning tashrifi taxlil qilinganida avvalgi turlarga nisbatan stadionga keluvchilarning soni ortgani ma’lum bo‘lgan edi. Mana, 4-turning dastlabki turidanoq avvalgi turga nisbatan yanada ko‘proq muxlis keldi. “So‘g‘diyona” 2-turda o‘z uyida “Neftchi” jamoasini qabul qilganida, chempionatning ochilish marosimi va albatta, ko‘ngilochar dasturlar ham tayyorlangan o‘yinga 8512 nafar tomoshabin tashrif buyurgan edi. Aksiga olib, o‘sha o‘yinda maydon egalari durang natija qayd etgandi. O‘tgan turda safarda to‘p surgan jizzaxliklar “Buxoro”ga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragandi. Manashu omillar ham jizzaxlik futbolsevarlarning rayini qaytarmadi, aksincha, sevimli jamoasini har qanday sharoitda ham qo‘llab-quvvatlashga undadi.

Birgina “So‘g‘diyona” misolida o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarining  futbolga qiziqishi chinakamiga ortganiga, muxlislar stadionga shunchaki vaqt o‘tkazish emas, futboldan zavq-shavq olishga shoshayotganligini misollar bilan isbotlasa bo‘ladi. Eng e’tiborligi, stadionga oilaviy  kelish ham tobora urfga aylanayotganligini bir qator uchrashuvlarda guvohi bo‘ldik.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 19:49, 29.03.2018.
O'qildi: 2019 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.